Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Titanik-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Tanho malagim - Soundtreck
. Ishq Ertagi - Title sound
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Choli Qushi-soundtreck
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
Главная » Файлы » SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA

Nodirbek Primkulov - xonanda o'zi haqida
             
  Xonanda Nodirbek Primkulov o‘zi haqida:
1998 yil 18 sentyabrda Namangan viloyatida ziyoli oilada dunyoga kelganman. 34-umumiy o‘rta ta'lim maktabda tahsil olayotgan vaqtimdayoq ko‘nglimga yaqin qo‘shiqlarni kuylab xirgoyi qilardim, maktabdagi tadbirlarda ishtirok etardim. Ammo, vaqt o‘tib, oliygohda o‘qish fursati yetganda, tibbiyotga qiziqish ustunlik qilib, O‘shMU Stomatologiya fakul'tetiga o‘qishga kirdim. Hozirda bu oliygohning 3 kursida tahsil olyapman. Lekin, bir nafas bo‘lsa ham, qo‘shiq kuylash, san'at sohasi xayolimdan ketmasdi. Shuning uchun ham, Namangan San'at maktabida 4 yil davomida muntazam vokal bilan shug‘ullandim. San'at bu mening qalbimdagi bir olov va u meni tinch qo‘ymaydi, desam ham bo‘ladi. Chunki, men qo‘shiq kuylash uchun boshqalarga o‘xshab, she'r tanlamayman yoki, tayyor qo‘shiqni sotib olmayman! Men shoir bilan birga o‘tirib, unga o‘z ko‘nglimdagi fikrlarni, g‘oyalarni aytib, o‘sha kuylamoqchi bo‘lgan qo‘shig‘im she'rini birga yozamiz. Birga ijod qilamiz. Shu kunga qadar, 12 ta qo‘shiq kuyladim va ularni chinakamiga yaralish jarayonlarida ishtirok etganman. O‘nta qo‘shig‘im jamlangan ilk musiqiy al'bomim “Qadri osmonim” yaqindagina tayyor bo‘ldi. Undan “Qadri osmonim”, “Yomg‘irlar”, “Chiroylisan”, “Maryamjon”, “Ramazon tuhfasi”, “Afsonalar vodiysi”, “Namangan”, “Xadisa”, “Yurak”, “Go‘zal” qo‘shiqlarim o‘rin olgan. Al'bomdan joy olgan qo‘shiqlarimning she'rlari, shoira Rislig‘oy Hotamova, shoir Shahzod Nazar, hamda Nodirbek Primqulovning o‘z qalamiga mansub bo‘lib, bastakorlar Mirziyod Nurmatov va Bunyod Abdullaev kuylarni bastalashgan. Bu musiqiy al'bomni yozishimga 3 yil vaqt ketgan bo‘lib, har bir qo‘shig‘im o‘z tarixiga ega. Qo‘shiqlar ichida albatta, “Qadri osmonim” qo‘shig‘i muhim o‘rin tutadi, chunki bu qo‘shig‘im xalq ichida juda ham ommalashib ketgan. Bu tarona aslida xonanda Surayyo Qosimovaning “Arzanda jonim” qo‘shig‘iga javob tarzida kuylangan va qo‘shiq she'ri 2 oy muddat ichida yozilib, musiqasi 4 oy vaqt ichida tayyor bo‘lgan. Bu qo‘shiqni chindan ham alohida mehr bilan kuylaganman. Shu kungacha 4 ta klip suratga oldirganman. Bular “Qadri osmonim”, “Xadisa”, “Ramazon tuhfasi” va “Afsonalar vodiysi” kliplaridir. Har bir klipning yaratilish jarayoni alohida o‘ziga xos kechgan.  
O‘zim oilada kenja farzandman, bitta opam bor, albatta ota-onamga mehrim va hurmatim cheksiz.
Eng katta orzularidan biri shubhasiz, Namangan diyoridan yetishib chiqqan ustoz san'atkorlar kabi, taniqli, el nazaridagi san'atkor bo‘lish, hamda o‘zbek san'atini dunyoga tanitishdir.


Категория: SHOU YULDUZLAR HAQIDA BIOGRAFIYA
Просмотров: 746 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Нодирбек Примқулов - хонанда ўзи ха
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное