Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Nomim oqlay degandir...

Mana yana siz sevgan Yakshanba-Muhlis minbari loyihasi davom etadi. Sayyod.com saytidan olindi:
Shu yili baxorda uylandim. Onam tanishlarini qarindoshini tavsiya qilgandi. Uchrashuvga chiqdim va yoqqandek bo‘ldi. Keyingi ikki uch uchrashuvlarda esa yoqtirib qoldim. Bir ikki oycha uchrashib ikkala taraf rozi va to‘y bo‘ldi. To‘ygacha zamonaviy kiyinganiga unchalik axamiyat bermagandim va to‘ydan keyin o‘zgarar dedim. To‘ydan avvalgi tekshiruvlar xam juda bir chuqurlashmadi, tanish ekanku deb  va o‘zim xam  unchalik axamiyat bermadim chunki birinchi marotaba uylanishim, og‘zim kuyishini qaerdanam bilgandim. 
Umrimda berilib sevib qolmaganim uchun bu qizga o‘zgacha mexr bilan, juda bir qattiq sevmasam xam  ochig‘i yaxshi ko‘rib uylandim. 
To‘y chiroylik o‘tdi. To‘ydan keyin avvaliga ertalablari oddiy choy tayyorlashgayam birga uyg‘onib yordam berardim. Xomilador bo‘lgach unga nafas yetishmay qoladigan bo‘ldi. Buni xomiladorlik deb uncha axamiyat bermagan bo‘lsakda, ko‘zlari olayib go‘yoki birov bo‘g‘ayotgandek tomog‘ini ushlab o‘zini tashlab yuboradigan bo‘lganida xayron qolardim. O‘zi esa, xozir o‘tib ketadi shifokor kerkmas deb  birpasda o‘ziga kelib go‘yoki xechnarsa bo‘lmagandek yana turib yurib ketaverardi. Yana qizig‘i umuman televizor ko‘rmasdi. 
Xomiladorlik sal og‘ir kechganigami "soxranenie" bilan shifoxonaga yotqizdik. Borganimda kalta shortikda yurganini ko‘rib uydagi kiyimlarini olib bordim ammo u baribir shortikda yuraverdi. Unday qilma, birovlarni erlari shifoxonaga kelganida sanga suqlanib qarayapti desam xam yo‘q menga shu kiyim qulay deb turib oldi. 
Shifoxonadan uydagilari bizga  bir og‘iz aytmay uyiga olib ketishdi. Bu xolat yana qaytarilavergach, qiz xizmat qilib charchagani va xomiladorlikni o‘z uyida o‘tkazinishi uydagilari aytishdi. 
Oilada yolg‘iz o‘g‘ilman, kichkinagina xovlida ota-onam va men turaman. Aytganimdek xovli katta emas, unaqa ishlar xam ko‘pmas. Shu ota-onamni xizmatini qilish og‘ir kelibdi, men unday xizmat qila olmayman degan baxona bilan uyga qaytishni istamadi. Xomiladorlik 3 oylik bo‘lganiga ko‘p chidaldi. Ancha uyiga borib yurdim. Qaytishni istayvermagach ikki tarafdan kelishmovchiliklar yuzaga kela boshladi.
Xech narsadan xech narsa uydagilari ajratib olamiz deyishdi. Janjal yo‘q, to‘polon va katta muammo yo‘g‘u ammo ajrashishgacha borildi.
Shu  kunlarda yotoqxonamizdan "Benzonal" dorisini matras tagidan topib oldim. So‘rab surishtirib xamma savollarga javob olgandek bo‘ldim. Bu dorini asosan "sudorogi", ruxiy kasallik bilan bog‘liq epilepsiyada ichiladigan dori ekan. To‘ygacha va xomiladorlikkacha nafas yetishmay o‘zini tashlab yuborishi kuzatilgani demak dorini ichib yurgan va xomiladorlik payti tabiiyki ichmagan va kasali xuruj qilgan.
Uydagilari xotinim xomilador bo‘lgach ajratishga tushganidan ular qizini kasalini bilgan va shunchaki uni nomini oqlab, oq libos kiydirib keyin xomilador bo‘lgach ajratib olish istagida bo‘lganini tushundim.
Naxotki birovni o‘ylashmasa? Mayli erkak kishi badnom bo‘lmas ammo birovni nomini oqlash uchun va keyin farzandlik qilish uchun donor sifatida uylanmaydiku.   Uydagilari bilan xarqanaqasiga gaplashib ko‘rdim ammo befoyda. Otasiku umuman churq eta olmaydi, ularni oilasida ayollar boshliq. Balki shu sabab xam ochiq sochiq kiyinishni norma deb bilganmi deyman.  
Uni xomilador bo‘lganiga bolani deb xam  qancha muloqotga urinsam xam befoyda. O‘zi xam javob bermayapti uydagilari xam ajrashish tarafdori.  
Uylanganimga 6 oy o‘tibdi. Ular advokat xam yollagan va sudga xam ariza berib xomiladorligini aytmay to‘g‘rilikcha ajrashishimni so‘rashyapti.     Xayot davom etadi , rozi bo‘ldim chunki boshqa iloj yo‘q, boshqa tarafdan uning kasalligidan xammasi tushunarli va xammasiga javob olindi.  
Xozirgi paytda boshqa muammo. Ajrashgan qizga uylanish. To‘ysiz, shunchaki nikox bilan ketidan ZAGS albatta va uyga olib kelib yashash.  Lekin onamga turmushga chiqmagan bir qiz yoqqan va ikki marotaba uchrashuvga chiqqanimda u xam menga yoqmoqda ammo  uylangan do‘stlarim maslaxaticha men ajrashgan qizga uylanishim kerak ekan zero turmushga chiqmagan qizni bolaligidan oq ko‘ylak kiyish va to‘y ko‘rish niyati armonga aylanib qolishi mumkin ekan.  Boshqa tarafdan teng tengi bilan xam deyilmoqda. Ochig‘i, uyim  joyim degan ajrashgan qiz topish qiyin bo‘lmoqda. Topilsa xam xammasi ajrashgan kuyov tarafni yo narkoman deydi va yo ruxiy xasta.   O‘zim foydalanilgandek kuyganim uchun ishonch xam yo‘q. Xotinim bilan ruxiy dispanserlarga borganimizda xam kasalligi xaqida ma’lumot yo‘q edi. Kimga ishonishni xam bilmaysan.    Uylanayotgan yosh yigitlarga maslaxatim, bir marotaba uylanishni maqsad qilib yaxshilab tekshiring. Maxalladan tortib kasallik varaqasigacha. Ayniqsa uydagi muxitga axamiyat bering, oilada erkak kishini gapi o‘tmaydigan oiladan  qiz olish fojea! Ayol kishi boshqaruvidagi oila bu oila emas! Asosiysi qizini nomini oqlash uchun unday onalar xamma narsaga tayyor!  
Xullas ayni damda ajrashgan va turmushga chiqib real baxtli bo‘lmoqchi bo‘lgan qizni izlayapman. Ikkimiz xam to‘yni ko‘rdik endi oilani istaymiz deb yashaylik. O‘zim xaqimda: Yoshim 30da, ichmayman, rosti sigaret chekaman , mashinam bor, ishlayman.   Uchrashuvga chiqayotgan va xali turmush qurmagan qizlar uydagilari oila qurishga rozi biroq aytganimdek ko‘ngli armonda o‘tib keyin to‘y ko‘rmadim deya bir kun yuzimga solishini istamasdim.  Boshqa tarafdan umumiy shu vaziyatga maslaxatingiz kerak.   
Xurmat bilan G‘olib.


Manba:sayyod.com

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 7135 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xiyonat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
robiwka пишет: | 19.09.2016 | 23:56 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует tori kn yana ertaga yuziga soliwi mkn lekin bir hila wungayam rozi boladi baxtli bosam boldi bowqa hcnma keremas ddi. busafar oylamasez bomidi. kn kec boliwi mmkn.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное