Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Nukusda it va mushuklarning “qabristoni”dan jasadlar gʼoyib boʼldi
Nukusda it va mushuklarning “qabristoni”dan jasadlar gʼoyib boʼldi
Аvvalroq, Nukus shahri yaqinidagi maishiy chiqindilar poligonidan 100 dan ortiq it va mushuklarning jasadi topilgani haqida xabar bergan edik. Sanitar tozalash boʼyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat respublika Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʼmitasi inspektorlari P.Nizomov va Q.Rimov tomonidan joyiga chiqib oʼrganilgan. 

Oʼrganish dovomida Nukus shahri yaqinida joylashgan maishiy chiqindilar poligonida hech qanday it va mushuklarning jasadi yoʼqligi maʼlum boʼlgan. 

Аniqlanishicha, it va mushuklarning jasadlari Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasi masʼul shaxslari tomonidan А-380 “Nukus–Toʼrtkoʼl” avtomagistralь yoʼlining oʼng tomoniga, aholi yashash punktidan taxminan 12-15 km uzoqlikdagi belgilanmagan joyga noqonuniy ravishda koʼmib tashlangan.
“Ushbu holat boʼyicha qonunga xilof ravishda ish tutgan masʼul shaxslardan tushuntirish xatlari olindi, zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, Qoraqalpogʼiston Respublikasi prokuraturasiga taqdim etildi”, deyiladi xabarda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1204 | Рейтинг: 0| Рейтинг: mushuklarning, boʼldi, gʼoyib, jasadlar, Nukusda, qabristoni, IT
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное