Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Nukusda raqamsiz harakatlanib, drift qilgan “shumaxer” topildi

“Daryo”da Nukusning markaziy ko‘chalarida “shumaxerlar” paydo bo‘lgani xabar berilgandi. “Daryo” muxbiri so‘roviga javoban, Qoraqalpog‘iston YHXB matbuot xizmati rahbari Tursinbay O‘temuratovning drift qilgan Cobalt shahar kameralari orqali qidirilayotganini bildirgandi.Boshqarma matbuot xizmatining bugungi xabariga ko‘ra, raqamsiz Cobalt topilgan.

Ma‘lum bo‘lishicha, Cobalt haydovchisi Daniyar Masharipov 22-oktabr kuni do‘stlari bilan drift qilish bo‘yicha bahs bog‘lagan. Shundan keyin u soat 03:00 lar atrofida Nukusning O‘zbekiston (sobiq To‘rtko‘l) guzari, Beruniy va Allayar Do‘snazarov ko‘chalarida mashinaning davlat raqamini yechib, qarama-qarshi yo‘nalishda drift qilgan.

Ichki ishlar xodimlari bilmasin deb mashina raqamlarini yechgandim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqalarga bunday qilishni tavsiya qilmayman, — deydi haydovchi.
Boshqarma komandiri Jaqsimurat To‘reniyazovning aytishicha, Cobalt raqami 95 884 BBA ekanligi aniqlangan. Haydovchiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi ikkinchi qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solingan. Mashinaning o‘zi esa jarima maydonchasiga joylashtirilgan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 950 | Рейтинг: 0| Рейтинг: shumaxer, Nukus, topildi, harakatlanib, raqamsiz, qilgan, drift
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное