Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Nurobodda IT-tanlov g‘olibiga berilgan eski noutbuk mashmashasi ortidan tuman hokimi o‘rinbosari ishdan olindi

Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Navro‘zbek Jaloliddinov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar qildi.

Ma’lumot uchun, avvalroq Nurobod tumani hokimining farmoyishi bilan IT-tanlovda g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlashda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun Navro‘zbek Jaloliddinovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi (intizomiy jazolar) 1-bandiga asosan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgandi.

Shuningdek, Nurobod tumani Xalq ta’limi bo‘limi ta’lim jarayoniga AKTni joriy etish sho‘’basi bosh mutaxassisi Asliddin Dangalov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ham 17-yanvardan e’tiboran bekor qilingan.

Keyinchalik IT Park g‘olibga berilgan noutbuk yangisiga alishtirib berilganini ma’lum qildi.

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 747 | Рейтинг: 0| Рейтинг: mashmashasi, a berilgan, IT-tanlov, Nurobodda, Noutbuk, g‘olibig, Eski
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное