Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Nursulton Ro‘ziboyev Toshkentda o‘tkazilgan MMA kechasida braziliyalik raqibini 1-raundda taslim etdi

Toshkentda 19-fevral, shanba kuni Octagon va U1 promoushenlari hamkorligida MMA kechasi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning asosiy jangida o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyev (34-9-2) braziliyalik Luchiano Kontiniga (14-5) qarshi oktagonga ko‘tarildi. Bellashuv 54-soniyada o‘z nihoyasiga yetdi. Ro‘ziboyev raqibini og‘rituvchi usul bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Shuningdek, ushbu kechaning asosiy kardida quyidagi janglar bo‘lib o‘tdi.

  • Ruslan Rustamov (Ozarbayjon) Avliyoxon Hamidovni (O‘zbekiston) 1-raundda og‘ritish uslubi bilan mag‘lub etdi;
  • Azamat Nuftillayev (O‘zbekiston) va Yuriy Protsenko (Ukraina) o‘rtasidagi bahs durang natija bilan yakunlandi;
  • Yerkubulan Toktar (Qozog‘iston) Abdul-Aziz Sotvoldiyevni 2-raundda nokautga uchratdi;
  • Ilyar Asxanov (Qozog‘iston) Muslimbek Komilovni (O‘zbekiston) 3-raundda mag‘lub etdi;
  • Ilyor Baktiyar Ulu (Qirg‘iziston) Farhod Davlatovni (Tojikiston) 2-raundda texnik nokautga uchratdi;
  • Faxriddin Mardiyev (O‘zbekiston) Amir ash-Shanruni 1-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi.

 



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1656 | Рейтинг: 0| Рейтинг: MMA, Nursulton Ro‘ziboyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное