Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Nyusha Toshkentdagi konsertida mutlaqo yangi qo‘shiqlar ijro etadi

Rossiyalik xonanda Nyusha Toshkentda bo‘lib o‘tadigan konsertiga katta tayyorgalik ko‘rmoqda. Bu haqda xonanda shov-shuv.uz saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Nyushaning ta’kidlashicha, u o‘zbek muxlislari uchun mutlaqo yangi, hali hech kim eshitmagan qo‘shiqlar ijro etadi. Bundan tashqari, u konsertga 20ga yaqin ijodiy guruhi bilan birga keladi.

Tadbirni tashkil etayotgan Art modern music kompaniyasining rahbari Feruza Murodovaning so‘zlariga ko‘ra, an’ana bo‘yicha konsert dasturi 1,5 soatga mo‘ljallangan edi. Ammo muxlislarning talablariga binoan konsert vaqti ikki soatgacha uzaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, Nyushaning konserti 3-fevral kuni  poytaxtimizdagi "Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tadi. Chiptalar 50 ming so‘mdan 400 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda saroy kassalarida sotilmoqda.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2841 | Рейтинг: 1| Рейтинг: NYUSHA
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное