Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O'zbekiston dunyoning eng baxtli davlatlari ro'yxatida nechanchi o'rinni egalladi?



Norvegiya dunyoning aholisi eng baxtli bo'lgan davlati deb tan olindi. Bu haqda BMT buyurtmasiga ko'ra Sustainable Development Solutions Network tashkiloti tomonidan Xalqaro baxt kuni – 20 martga atab tayyorlangan baxt bo'yicha Jahon hisobotida aytiladi.

Baxt darajasi bo'yicha ikkinchi o'rinda - Daniya, undan keyingi pog'onalardan esa Islandiya, Shveytsariya, Finlyandiya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Shvetsiya joy olgan. Germaniya 16-pog'onada, Buyuk Britaniya – 19, Fransiya esa – 31-o'rinda. Reytingning eng oxirgi pog'onalaridan Ruanda, Suriya, Tanzaniya, Burundi va Markaziy Afrika Respublikasi joy olgan.

O'zbekiston reytingda 47-o'rinda joylashdi, undan keyingi pog'onalardan esa Italiya (48), Rossiya (49) va Yaponiya (51) kabi davlatlar joy oldi. 

Qo'shma Shtatlar jahon baxt reytingida 14-o'rinni egalladi. Tashkilot rahbari – hisobot muallifi Jyeffri Saksning fikricha, bu AQShning yangi prezidenti Donald Tramp iqtisodiy siyosati choralari bilan bog'liq. "Ular (Trampning iqtisodiy choralari – tah.) tengsizlikni kuchaytirishga qaratilgan – yuqori daromadlar uchun soliqlarni qisqartirish, sog'liqni saqlash sohasidagi sarf-xarajatlar bo'yicha moliyalashtirishni kamaytirish, kambag'al kishilarga bepul tushliklar yetkazib berish bo'yicha dasturga ajratilayotgan mablag'larning pasayishi hamda harbiy xarajatlarning ortishi. O'ylashimcha, hammasi noto'g'ri yo'nalishda ketmoqda", - dedi u.

"Baxtli davlatlar – bu moddiy farovonlik va ijtimoiy kapital o'rtasidagi sog'lom nisbatga ega mamlakatlardir", - deya hisoblaydi Jyeffri Saks.

Hisobotda oltita omil e`tiborga olindi – aholi jon boshiga YaIM hajmi, umr ko'rish davomiyligi, murakkab vaziyatlardagi ijtimoiy ko'mak, ishonch (hukumatga), kishilar tomonidan qarorlarning erkin qabul qilinishi, shuningdek saxiylik.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8099 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ro'yxat, O'zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное