Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“O'zbekiston havo yo'llari” samolyotida shakar sababli bahs kelib chiqdi

2015 yilning 1 noyabr kuni Nyu York-Riga-Toshkent yo'nalishi bo'yicha qatnaydigan “O'zbekiston havo yo'llari” samolyotining bort kuzatuvchisi uch xaltacha shakar sababli yo'lovchi bilan tortishdi. Mazkur tortishuv ishtirokchilaridan biri Shuhrat Abdukarimov ismli “Feysbuk” foydalanuvchisi o'z profilida videotasvir va izoh qoldirgan.

Uning ma'lum qilishicha, bort kuzatuvchisi shakarning juda kam berilishi, ular bo'lsa ikki kishi uchun 5 grammlik uchta shakar xaltachasidan bittasini ortiqcha olishgan.

Yo'lovchilar mojarodan keyingi suhbatni videotasvirga olishgan. 3 daqiqayu 48 soniya davom etgan videodan ko'rish mumkinki, bort kuzatuvchisi ortiqcha olingan 5 gramm shakar uchun yo'lovchilarni militsiyaga topshirmoqchi bo'lgan. Uning izohiga ko'ra, stakanchada uch dona shakar xaltachasi bo'lgan, ular esa orqadagi boshqa yo'lovchilarga qoldirmasdan, hammasini olib qo'yishgan. Yo'lovchilar bo'lsa aviakompaniyada shakar uchun limit mavjudligi bilan qiziqqan. Bu haqdagi savolga aviakompaniya xodimasi aniq javob bermasdan, yo'lovchi huquqlari chiptada yozib qo'yilganini aytgan xolos.

Sh.Abdukarimov, shuningdek, milliy aviakompaniya samolyoti o'rindig'i qoplamasining yirtilganini ham suratga tushirib, sahifasiga joylashtirgan. Keyinroq esa aviakompaniya ishchilaridan biri bo'lishi taxmin qilinayotgan boshqa “Feysbuk” foydalanuvchisi shaxsiy yozishmalar xizmati orqali e'tiroz bildirib, bu MAK aybi emas, balki ba'zi “nodon” yo'lovchilarning ishi ekanini aytgan.

Mazkur videoyozuv 10 noyabrda e'lon qilingan bo'lib, uch kun ichida qariyb 13 ming marotaba tomosha qilingan va 260 marta ulashilgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1994 | Рейтинг: 0| Рейтинг: “O'zbekiston havo yo'llari” samolyo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное