Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

O'zbekiston ID jangarilari soni bo'yicha ohirgi o'rinni egalladi
“Islom davlati” tomonidagi jangovor harakatlarga jalb qilingan O‘zbekiston fuqarolari soni boshqa davlatlarga nisbatan eng minimallaridan biridir, bu haqda The Soufan Group tadqiqot markazining ma’lumotlari guvohlik beradi.
“Chet ellik jangarilar. Suriya va Iroqqa kelayotgan jangovorlar oqimi to‘g‘risidagi so‘nggi ma’lumotlar” hisobotida so‘nggi bir yarim yilda ID qo‘shilgan jangarilar soni ikki martaga o‘sganligi yoziladi, deya xabar beradi Podrobno.uz nashri.
Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, ID tomonida 86 mamlakatdan 27 dan 31 minggacha horijliklar kurash olib bormoqda. 2014 yilda chet ellik jangarilar soni 12 mingga yetgan.
Rasmiy manbalarga asoslanib xabar berilishicha, Islom davlati tarkibida 2400 rossiyalik, 300 qozog‘istonlik, 386 tojikistonlik, 104 ozarbayjonlik kurash olib bormoqda. Norasmiy manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, ekstremistik guruh tarkibida O‘zbekiston fuqarolari soni 500 nafarni tashkil qiladi, shuningdek unda 500 Qirg‘iziston va 360 Turkmaniston fuqarosi bor.
Shunday qilib, MDH mamlakatlaridan jangarilar qatorida 4,7 ming kishi jang qilmoqda.
Hisobotga ko‘ra, eng katta chet elliklar guruhi Tunisdan (7 ming kishi), Iordaniyadan (2,5 ming kishi), Saudiya Arabistonidan (2,5 ming kishi), Rossiya (2400) , Turkiya (2-2,2 tisyachi chelovek), Marrokash (1,5 ming kishi) va Misrdan (1 ming).
The Soufan Group tadqiqot markazi xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahat kompaniyasi sanaladi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 10213 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Islom davlati, O'zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
VODOLEY Yôq bôlib ketsine
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное