Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

O'zbekiston xalq Hofizi vafot etdi





Milliy musiqa sanatimiz rivojiga o'zining ulkan hissasini qo'shgan O'zbekiston xalq Hofizi, “Do'stlik” medali sohibi Ismoiljon Vahobov olamdan o'tdi.Ismoiljon Vahobov 1949 yil 19 yanvarda Andijon viloyatining Chinobod shaharchasida tavallud topgan. 1967 yilda Toshkent Davlat Konservatoriyasiga o'qishga kirib, 1975 yilday ukasi Isroiljon bilan birgalikda Yunus Rajabiy nomidagi maqomchilar ansamblida ishlay boshladi. U jo'rovozlikda, mumtoz maqomlar, zamonaviy qo'shiqlar, sharq xalqlarining ijro namunalarini kuylab, O'zbekiston radiosi fonotekasi uchun magnit tasmalarga yozib qoldirishdek xayrli ishlarni amalga oshirdi. O'zbekiston xalq artisti, akademik Yunus Rajabiydan milliy mumtoz musiqa janri hisoblanmish maqom sirlarini o'rgandi. Hofizlik uslublari, an`anaviy ijrochilikning sir-asrorlarini, shuningdek, “Shashmaqom”da chalinadigan doira usullarini mukammal o'rgandi. Shu bois, Ismoiljon qo'lida doira jo'rligida eng murakkab maqom shohobchalarini chalib, ham kuylay oladigan “lahnpardoz mug'anniy” rutbasiga ega bo'lgan mohir, jo'rovoz hofizdir. U Isroiljon bilan birgalikda san`atimizning buyuk darg'alari, Fattohxon Mamadaliyev, Orif hoji Alimaxsumov, Fahriddin Sodiqov, Kommuna Ismoilova, Turg'un Alimatov kabi ustozlardan o'rnak oldi va ulardan mumtoz navolarimizning sirini o'rgandi.
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning farmoniga muvofiq 1999 yil 25 avgustda Ismoiljon Vahobovga “O'zbekiston xalq Hofizi”, 2016 yilda esa O'zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Do'stlik ordeniga sazovor bo'lgan edi. Marhumni 19 royabr kuni Toshkent shahridagi «bolta mozoriga» dafn etishdi.Taziya munosabati bilan tarona.net sayti barcha o'zbekistonliklar nomidan marhumning oila azolariga hamdardlik bildiradi.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6993 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ismoiljon Vahobov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное