Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O'zbekistonda Futbol TV telekanali efirga chiqadigan muddat ma'lum bo'ldi



O'zbekistonda ilk futbolga ixtisoslashgan Futbol TV telekanali tashkil yetilgani rasman ma'lum qilindi. Telekanal oldin xabar berilganidek UzReport telekanali qoshida tashkil yetiladi. Bu haqda telekanal rasmiy sayti xabar tarqatmoqda. Manba bergan ma'lumotga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralaro Muvofiqlashtiruvchi Kengashining yig'ilishida Futbol TV telekanaliga litsenziya berish to'g'risida qaror qabul qilingan. Futbol TV telekanali o'z faoliyatini joriy yilning mart oyida boshlashni rejalashtirgan. Telekanal butun O'zbekiston bo'ylab yefirga uzatiladi.

Xabaringiz bor, UzReport TV orqali Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Angliya va Ispaniya o'yinlarini O'zbekistonda translyatsiya qilishning yekzklyuziv huquqini xarid qilgan va hozirda ushbu musobaqalardan o'rin olgan o'yinlarni jonli yefirda namoyish yetib kelmoqda.Futbol TV ishga tushirilganidan so'ng UzReport TV telekanalida futbol o'yinlari translyatsiyasi to'xtab qolmaydi. Turli chempionatlarda bir vaqtda boshlanadigan qiziqarli uchrashuvlarning biri Futbol TV telekanalida namoyish yetilsa, ikkinchi o'yin UzReport TV telekanalida translyatsiya qilinadi.Futbol TV telekanalida futbol uchrashuvlari jonli, yozib olingan holda va takroran namoyish yetiladi. Bundan tashqari futbolga oid bo'lgan turli qiziqarlit ko'rsatuvlarning yefirga uzatib borilishi ham ko'zda tutilgan, deb yoziladi xabarda.Hozirda Futbol TV telekanalining litsenziyasini rasmiylashtirish va texnik tashkiliy ishlar doirasidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Manba:Tribuna.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5536 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Elektron ommaviy axborot vositalari, Futbol TV
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR ZO'RKU
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное