Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O'zbekistonda yana benzin narxi oshadimi?…


2019 yil 1 oktyabrdan boshlab benzin, dizel yoqilg'isi va gazni yoqilg'i quyish stansiyalari orqali oxirgi iste'molchilariga sotadigan yuridik shaxslar, ushbu tovarlarni sotishdan tushumning miqdoridan qat'iy nazar qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilari hisoblanadi. Bu Prezidentning “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni bilan belgilangan.

4 iyul kuni mazkur hujjat mazmun-mohiyati yuzasidan o'tkazilgan matbuot anjumanida qo'shilgan qiymat solig'ining kiritilishi benzin narxining oshishiga qanday ta'sir etishi to'g'risidagi savolga javob berildi.

Moliya vazirligi mas'ul xodimi Otabek Yakubovning so'zlariga ko'ra, benzin, dizel yoqilg'isi va gazni yoqilg'i narxi davlat tomonidan tartibga solinadigan mahsulotlar tarkibiga kiradi. Bu davlat tomonidan AI 80 markali benzin uchun 4000 so'm miqdorida, AI 90 markali benzin uchun 4500 so'm miqdorida belgilangan va shu miqdorda saqlanib qoladi.

Qayd etilishicha, ushbu normaning kiritilishi aynan mazkur mahsulotlarni avtomobil yoqilg'ilarini qo'yish shahobchalari sotayotgan korxonalar uchun ko'proq foydali, deya ma'lum qildi aniq.uz.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2772 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Benzin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное