Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

O`lim to`shagida yotgan qizini suratga tushirgan ona unda qizining tepasidagi “farishta”ni ko`rdi



Ota-ona uchun farzand dog`i eng og`ir azobdir, bunday hollarda har qanday odam ilohiy kuchlardan ko`mak kutadi, deb xabar beradi “Miladynews.ru” nashri.

Buyuk Britaniyaning Linkolnshir grafligida yashovchi Sara Danberi bedavo dardga yo`liqib, ajal bilan olishayotgan qizining yonida uning dardiga davo topolmay, o`layotganini jimgina kuzatishdan boshqa iloj topolmadi.

19 yoshli Emmi jigar saratonining eng kam uchraydigan “gepatosellyulyar karsinoma” degan turiga yo`liqqandi. Bu dard tennis koptogi hajmidagi bezning paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. 

Emmi bir qancha kimyoterapiya kurslarini qabul qildi, onasi esa uni bir dam yolg`iz qoldirmadi. Kuz oylarining birida qizining umri poyoniga etganini sezgan onasi qizini so`nggi marotaba suratga olishga qaror qildi

Suratni tomosha qilayotgan ona Emmining tepasida turgan “farishta”ning sharpasidan hayratga tushdi. Suratni ko`rgan Emmi “Bu mening qo`riqchi farishtam”, dedi.

Sara qizi hayotining so`nggi kunlarini farishta kuzatib turganiga ishondi. Oradan 3 hafta o`tgach, Emmi bedavo kasallikdan vafot etdi. Onasi qizi oxirgi nafasigacha kurashganini faxr bilan so`zladi: “Qizim o`layotganini bilsa-da, ko`z yoshi to`kmadi, tushkunlikka tushmadi. Emmi juda irodali qiz edi. Uning oxirgi suratiga nazar tashlab, qalbim taskin topadi. Qizim barcha og`riqlardan, azoblardan xalos bo`ldi, uning jannatga tushganiga ishonaman”.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 8624 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Farishta
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное