Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O`qishga kirolmagan abiturientlar kontrakt pulining oshirilgan stavkasini to`lab talaba bo`lishlari mumkin bo`ladi



2017/2018 o`quv yilidan boshlab o`qishga kirolmagan abiturientlar kontrakt pulining oshirilgan stavkasini to`lab talaba bo`lishlari mumkin.


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017/2018 o`quv yilida o`zbekiston respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish to`g`risida 5 may kuni qabul qilingan qaroriga asosan 2017/2018 o`quv yilidan boshlab oliy ta`lim muassasalariga to`lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo`yicha qo`shimcha qabulni amalga oshirish joriy etiladi.

Unga ko`ra, oliy ta`lim muassasalariga to`lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo`yicha qo`shimcha qabulni amalga oshirish uchun kvota miqdori ta`lim muassasasining mavjud imkoniyatlari va ta`lim yo`nalishlaridan kelib chiqib Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Qo`shimcha qabul bo`yicha to`lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi abiturientlar to`plagan ballarga qarab Davlat komissiyasi tomonidan differensiyalashgan tartibda belgilanadi.

To`lov-kontrakt summasining oshirilgan stavkasi bo`yicha qo`shimcha qabul o`tish ballini to`play olmagan abiturientlarga to`plagan balliga muvofiq (68 balldan kam bo`lmagan) ketma-ketlik tartibi qat`iy saqlangan holda, ularning oshirilgan kontrakt pulini to`lay olish imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Qarorning to`liq matni bilan O`zAda tanishish mumkin.

Qarorga ko`ra, 2017/2018 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga bakalavrlar uchun 66316 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo`yicha – 18194 ta va to`lov-kontrakt asosida – 48122 ta, magistrlar uchun 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo`yicha – 1556 ta va to`lov-kontrakt asosida – 3444 ta o`qishga qabul qilish bo`yicha umumiy kvota belgilandi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5737 | Рейтинг: 0| Рейтинг: abiturientlar, qaror, talabalar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное