Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O`zbekistonlik talaba Instagram’da 4 mln kuzatuvchi yig`ib, Shahzodani ancha ortda qoldirdi




19 yoshli Abdullaev Shamsiddin Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti talabasi bo`lib, uning Instagram’dagi ko`ngilochar uz_video sahifasi bugungi kunda 3 million 200 mingdan oshiq o`quvchi yiqqan bo`lsa, ilmga yo`nalgan boshqa bir facts_uz sahifasining 1 million 500 mingdan ziyod obunachilari bor. 

“Sayyod.com” Instagram’da o`zbek shou-biznesi vakillaridan ham ko`proq kuzatuvchilarni yig`a olgan 19 yoshli talaba bilan intervyu uyushtirdi, deb yozadi “Daryo”.

“facts_uz — bu mening ilk loyiham va o`zimga yoqqani. uz_video esa bugungi kundagi eng omadli sahifam sanaladi. 2015 yil boshida bu sahifalarni tashkil etganman. uz_video sahifasining tezda ommalashishiga sabab esa u ochilgan payti video sahifalari yo`q edi, keyinchalik esa bu sahifaning sifatli ekaniga e`tibor qaratildi. Albatta o`zaro hamkorlik yuzasidan boshqa ommalashayotgan sahifalar bilan bir-birimizni sahifalarimizni reklama qilish orqali mashhurlikka erishish mumkin, ammo agar sahifangiz sifatli bo`lmasa, bari bekor. Asosan 85 foiz rus auditoriyasi bilan bu borada hamkormiz. Xususan rus estradasi vakillari bilan ham. Albatta sahifamizda pulli reklama ham mavjud, biroq bu degani hamma narsani ketma-ket reklama qilaveradi degani emas. Salbiy targ`iboti mavjud bo`lgan klip yoki reklamalarga sahifalarimizda umuman o`rin yo`q! Bu ikki sahifaning muallifi o`zim va bugungi kunda umumiy hisobda 5 kishi sahifalarni yurityapmiz. Kuniga 6 ta video joylaymiz va ularni aniq bir joydan olmaymiz, har safar turli manbalar bo`ladi», — deya u o`z loyihalari haqida qisqacha ma`lumot berib o`tdi.

Ayni paytda xonanda Shahzoda Instagram’da o`zbek san`atkorlari ichida eng ko`p — 1,3 million kuzatuvchiga ega. Avvalroq aktrisa Asal Shodieva o`zini Instagram orqali kuzatib boruvchilar soni (1 million kishi) bilan xonandalar Rayhon hamda Loladan o`zib ketgan edi.

 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5242 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Instagram, Abdullaev Shamsiddin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Bravo yes
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное