Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘qishga kiritib qo‘yish uchun 6000 dollar so‘ragan Milliy universitet dotsenti qo‘lga olindi


Shu yilning 7 avgust kuni fuqaro G.U. O‘zbekiston Respublikasi IIV Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasiga murojaat qilib, unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ishlovchi D.X. ismli ayol G.U.ning kuyovini universitet sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 6 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni so‘raganligini ma’lum qilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Demokratik davlat qurilish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti lavozimida ishlovchi D.X. fuqaro G.U.dan Olmazor tumanida joylashgan “Huvaydo” mebellar do‘koni oldida kelishilgan pulning 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida IIV tezkor xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba:zamin.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2723 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 6000 dollar, qo‘lga olindi, dotsenti, Uchun, O‘qishga kiritib qo‘yish, so‘ragan, Milliy universitet
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное