Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Qirolicha - Stakan Version
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“O‘rikzor” bozorida saratonni keltirib chiqaruvchi bolalar o‘yinchoqlari sotilayotgani aniqlandi


“O‘zstandart” agentligi poytaxt Toshkentdagi bozorlarda saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi, bolalar uyinchoqlari sotilayotganligini aniqladi! Bu haqdagi ogohlantiruv xabari agentlik Matbuot xizmati tomonidan tarqatildi.

“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Iste’molchilar Huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan “O‘rikzor” bozorida sotilayotgan bolalar o‘yinchoqlarining belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida, quyidagi bolalar o‘yinchoqlarining xaridi amalga oshirildi.

Yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlar Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirish tartibotlari va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 1-ilovasida keltirilgan majburiy sertifiktlanadigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa-da, mahsulotlarning sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati va sanitar-epidemologik xulosalarisiz sotilyotganligi aniqlangan.

Xarid qilingan bolalar uchun o‘yinchoqlar me’yoriy hujjatlar talabiga nomuvofiq, deb topilgan.

Me’yoriy hujjat GOST 25779-90 “O‘yinchoqlar. Umumiy xavfsizlik talablari va sinov uslullari”ning talabi bo‘yicha o‘yinchoqlarda burmalar va yoriqlar bo‘lmasligi kerak.

Respublika SSM DK qoshidagi sinov majmuasining sinov natijalariga ko‘ra, barcha o‘yinchoqlarda burma va yoriqlar mavjudligi aniqlandi.

Yuqorida aniqlangan burma va yoriqlar bolalarning qo‘l terisi va tana qismlarining shikastlanishiga olib keladi.

Me’yoriy hujjat SanPiN 0287-10 “Bolalar sog‘ligi uchun o‘yinchoqlar xavfsizligiga qo‘yiladigan sanitariya-gigiena talablari” bo‘yicha formaldegid miqdori 0,003 mg/m3 bo‘lishi kerak, ammo O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot sanitariya birlashmasi sanitariya-epidemiologiya stansiyasi qoshidagi akkreditatlangan sinov laboratoriyasining sinov natijalariga ko‘ra, yuqoridagi o‘yinchoklarda 0,031 mg/m3, ya’ni meyoriy hujjat ko‘rsatgichidan bolalar o‘yinchoqlari o‘n baravar yuqoriligi aniqlandi.

Umumjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotiga qarashli Saraton kasalligini o‘rganish agentligining xabariga ko‘ra, formaldegid inson organizmida saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy omil hisoblanadi. Ayniqsa, bolalar organizmi har xil zaharlar bilan kurashish uchun zaif bo‘lgani uchun formaldegid bola tanasida to‘planganda yo‘talish, gijjalar, bronxial astma kabi kasalliklarning jadal rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, rang o‘zgarishi, toliqish, nafas qisish, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik va hattoki ongining zaiflashishigacha sabab bo‘ladi. Bularning barchasi organizmda formaldegid to‘planishi natijasida yuzaga keladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4385 | Рейтинг: 0| Рейтинг: saraton, o'yinchoq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное