Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

O‘z-o‘zidan semirib ketishning 5 sababi

Ortiqcha vazn inson o‘zini yaxshi ko‘rmasligi uchun sabab bo‘lmasligi kerak. Lekin semirish ortida organizmda jiddiy muammolar bo‘lishi mumkinligini ham yodda tutgan holda befarq bo‘lmaslik kerak.

1. Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammo
Gipoterioz vazn ortishining sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. Agar qalqonsimon bezdan yetarli miqdorda gormon ajralib chiqmasa, metabolizm sekinlashadi va bu vazn to‘plashga olib keladi. Shuningdek, doimiy charchoqni his qilish, haroratning o‘zgarishi kuzatilishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, ayollar gipoteriozga erkaklarga nisbatan 8 marta ko‘proq chalinadi.
2. Kushing sindromi
Bunda organizmdan juda ko‘p miqdorda stress garmoni — kortizol ajralib chiqadi. Qorin, yelka, bo‘yin va yuzda yog‘ qatlamlari ko‘payib, tananing boshqa qismlari o‘sha holicha qolishi kuzatiladi. Kushing sindromining kelib chiqish sabablari steroidlarni qabul qilishi yoki organizmdagi o‘smalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
3.Preparatlar
Antidepressantlar, kontraseptik tabletkalar vazn to‘plashga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sabab ularni iste’mol qilishdan avval annotatsiyasi bilan tanishish, eng asosiysi esa shifokor maslahatisiz, o‘zboshimchalik bilan qabul qilmaslik kerak.
4. Polikistoz
Tuxumdonlar polikistozida testosteron miqdori ko‘payadi. Bunda boshqa simptomlar singari vazn ortishi ham kuzatiladi. Ushbu kasallikni davolash uchun shifokorga murojaat qilish kerak, vazn ortishi to‘xtamasa parhez tutish va sport bilan shug‘ullanish kerak bo‘ladi.
5. Depressiya
Depressiyaning bir qancha simptomlari bor. Ulardan eng ko‘p uchraydigani, tushkun kayfiyatda bo‘lish hisoblanadi. Shuningdek, energiya yetishmasligi, uyquda muammolar buning oqibatida esa ichkilikka ruju qo‘yish kuzatiladi. Bularning bari esa vazn to‘plashga olib keladi. Bunday vaziyatda befarq bo‘lmaslik, mutaxassisdan tavsiyalar olish va inson sevgan ishi bilan shug‘ullanib kayfiyatini ko‘tarishi kerak bo‘ladi.


Manba:daryo.uz
Категория: SOG'LIK
Просмотров: 4198 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘z-o‘zidan, 5 sababi, semirib, ketishning
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное