Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Efir Sirlari - Piano Version
. Qirolicha - Soundterck
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbek diasporasi Rossiyadagi “Eshak” restorani reklamasini haqoratli deb topdi
 



O‘zbek diasporasi Yekaterinburgda ochilayotgan, aktyor va qiziqchi Sergey Svetlakovga tegishli “Eshak” restorani reklamasidan norozi bo‘ldi. Bu haqda “Ural-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati” raisi Obid Turatov ma’lum qildi, deb yozadi “Znak.com”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, reklama plakatida sharqona libos kiyib, qo‘lida qozon tutgan holda eshakning yonida o‘tirgan Svetlakov o‘zbek xalqining “salbiy va haqoratli” qiyofasini yaratadi.
 
Nashr ta’kidlashicha, Turatov Sverdlovskaya viloyatidagi inson huquqlari bo‘yicha vakil apparatiga hamda Ekstremizmga qarshi kurash markaziga murojaat qilgan. Bundan tashqari, rais prokuraturaga shikoyat qilmoqchi.
 
“Ushbu haqoratli reklama olib tashlanishiga erishmoqchiman. Dushmanlik urug‘i sochilmasligi uchun. Aytaylik, xalqimizning yosh vakillari sarxushlik holatida ushbu reklamani ko‘rib qolib, restoranning oynalarini sindirsa, nima bo‘ladi?” — deya aniqlik kiritdi Turatov.
 
“Bizda Toshkentda negadir ‘Cho‘chqa’ deb ataluvchi rus taomlari restorani yo‘q. Chunki bu ham xuddi shunday haqorat bo‘lgan bo‘lardi!” — deya qo‘shimcha qildi u.
 
Shikoyatlarga javoban, restoranni boshqaruvchi Bulldozer Group kompaniyasining marketing bo‘yicha direktori Olga Glushkova ushbu reklama kimningdir hislarini haqorat qilish maqsadiga ega emasligini ta’kidladi. “Sergey Svetlakov bu voqeadan juda xafa bo‘ldi. Bizning tushunishimizcha, shu tariqa biz orqali ‘piar’ qilishmoqchi. Bu voqea to‘lig‘icha to‘qib chiqarilgan. Bizning restoran o‘zbek taomlari emas, Sharq taomlariga asoslangan. O‘z nomimiz bilan biz hech kimni haqorat qilmayapmiz”, — dedi u.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3562 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Eshak restorani
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
sanjarezoz Bunaqa noma‘qul ishiz bilan milliyligimizni bulg‘amang. Undan ko‘ra o‘ziznikini asrang.
Like | 0
sanjarezoz Bunaqa noma‘qul ishiz bilan milliyligimizni bulg‘amang. Undan ko‘ra o‘ziznikini asrang.
Like | 0
sanjarezoz Boshqalarni hurmat qilishni bilmaganizga yarasha, hurmatsizlik qimasez bo‘lardi. Xudo bergan aql-farosatni o‘rnida ishlatmaslik aslida "eshshak"dan farqim yo‘ deganimasmi? "Avval pichoq o‘zizga uring, og‘rimasa birovga".
Like | 0
NuR_KR Fuuuu sindrib tawardim
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное