Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

O‘zbek kinosida yangi film “Salom sevgi”

O‘zbek kinosida yana bir yangi film suratga olindi. Ishchi nomi “Salom sevgi” bo‘lgan bu kartina Ulug‘bek Abzalov rejissyorligina yaratilmoqda. Toshkent shahri va tog‘li hududlarda tasvirga tushirilgan ushbu filmning ssenariysi Ulug‘bek Abzalov hamda Alibek Hakimov tomonidan yozilgan. 

Unda bosh rollarni Ulug‘bek Abzalov, Sitora Alimjonova, Hamid Toshpo‘latov, Gulchehra Nosirova va boshqalar ijro etgan. Ayni damda kartinaning montaj ishlari olib borilmoqda. Bu ishni Shahriyor Ismoilov amalga oshirmoqda. “Salom sevgi” filmining bosh prodyuseri Sanjar Hamidov. Ijrochi prodyuser Bahrul Qurbonov. Fevral oyining so‘nggi kunlarida premera bo‘lishi kutilayotgan mazkur kartinani kutib qolamiz. Bu kinofilm qaysi jihatlari bilan boshqalaridan farq qilar ekan? Buni faqatgina film namoyishidan so‘ng bilib olamiz. Hozircha kuzatishda davom eting.


Manba:popcorn.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3725 | Рейтинг: 3| Рейтинг: Salom Sevgi, O'zbek kino
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное