Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

O’zbek kinosining buguni va ertasi haqida…

16 may kuni Yoshlar Ijodiyoti Markazida bir qator o’zbek kinosi ijodkorlarining majlisi bo’lib o’tdi. «Fond Forum» tomonidan tashkil etilgan mazkur yig’ilishda «Oltin Gepard» xalqaro kino festivalida ishtirok etadigan o’zbek kinolarini saviyasini yanada ko’tarishga qaratildi, desak noto’g'ri bo’lmasa kerak.

Tobora rivoj topib borayotgan o’zbek kinosiga oid ushbu majlisda bugungi kun xususiy filmlarini saviyasini ko’tarishga e’tibor qaratildi. Xususiy film tayyorlayotgan kinochilar ham o’zlarining bir qator e’tirozlarini bildirib, ularga bo’lgan e’tiborni biroz oshirilishini so’rashdi. O’zbek kinosi ichki dunyosida bo’layotgan bir qator kelishmovchiliklarni bartaraf etish masalasi ham ko’tarildi va bu borada ikki tomon ham kelishgan holda to’g'ri xulosaga kelib, hamjihatlikda ajoyib kinoasarlarni tomoshabinlar hukmiga taqdim etishlariga umid qilamiz. Majlisda, Murod Rajabov, Matyoqub Matchonov, Muhammad Iso Abdulhayirov, Said Muxtorov, Zebo Navro’zova, Javlon Shodmonov, Jahongir Poziljonov, Ulug’bek Qodirov, Adiz Rajabov, Muhammad Ali Iskandarov, Umid Iskandarov, Asal Shodieva, Sevara Solieva, Shahzoda Muhammedova, Dilnora Kubaeva, Aziz Rametov kabi bir qator taniqli kino ijodkorlari ishtirok etdilar. Bu majlis so’nggisi emas, yana uning davomi bo’ladi. Zero, o’zbek kinosining rivoji uchun hamma ijodkorlar bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihatlik bilan ish olib borishlari shart. Ana shundagina haqiqiy kinoasarlar dunyoga keladi.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6775 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное