Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari yuksak mukofotlar bilan taqdirlanishdi

Ma’lumki kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz Prezidenti fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini  mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi. Ularning orasida xalqimizning sevimli aktyorlari ham borligi ko‘pchilikni quvontirdi. 
 
O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Erkin Komilov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. 
Erkin Komilov 1946 yilning 20 iyunida tavallud topgan. O‘zbek Milliy akademik drama teatrida hamda ko‘plab filmlarda takrorlanmas obrazlarni yaratib, xalqimizning ko‘nglidan joy olgan eng sevimli aktyorlaridan biri. "Suyunchi", "Shaytanat", "Ulfatlar", "Jiyda guli", "O‘gay ona", "Gumrohlar" kabi filmlarda o‘z rolini maromiga yetkazib ijro etgan aktyor teatr sahnasida bundan-da ko‘p rollari bilan o‘z muxlislarini quvontirib keladi. 
 
O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Ashurova Zuhra Jo‘raevna “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoniga munosib, deb topildi. 
Zuhra Ashurova 1961 yilda dunyoga kelgan. O‘zbek Milliy teatrining yetakchi aktrisalaridan biri. Ko‘plab spektakllar va filmlarda rol o‘ynab, o‘zining muloyim tabassumi bilan tomoshabin ko‘nglidan joy olgan. Aktrisa ishtirokidagi "Ko‘ngil ko‘chalari" teleseriali, "Shaytanat", "Osmondagi bolalar", "Hijron", "Jodugar" va "Jigarbandim" kabi filmlarini muxlislar hali-hanuz sevib tomosha qilishadi. 
  
O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Zokirova Gavhar Akmalovna “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni berildi. 
Gavhar Zokirova 1949 yilning 10 sentyabrida tavallud topgan. U bir qator filmlar bilan birga teatr sahanalrida ham betakror obrazlar yaratgan. "To‘ylar muborak", "Tangalik bolalar", "Sevinch" filmlaridagi ijrosi tomoshabinlar xotirasida bir umrga muhrlanib qoladi. Aktrisa so‘nggi yillarda yaratilgan "Mehmonxona" serialidagi qahramoni rolini maromiga yetkazib ijro etgan. Bundan tashqari Gavhar Zokirova turli tadbirlarda va ko‘rsatuvlarda faol ishtirok etib keladi. 
Shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri bosh baletmeysteri Sharipov Abibulla Nagmetovich ham “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” unvoniga sazovor bo‘lgan.
Fursatdan foydalanib, o‘zbek xalqining yuksak iste’dod egalarini ushbu yuksak mukofotlar bilan qutlab, barcha ezgu tilaklarni bildirib qolamiz.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4469 | Рейтинг: 0| Рейтинг: aktyorlar, O‘zbek milliy akademik drama teatri, yuksak mukofot
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное