Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

O‘zbek va turk kinoijodkorlari hamkorlikda «Güneşim benim» serialini suratga oladi


«Proart.uz» kompaniyasi, prodyuserlar Ruslan Mirzaev va Javlon Kamolov ijodiy jamoasi Turkiyaning «Apyapim Film» kinokompaniyasi bilan hamkorlikda «Güneşim benim» («Quyoshim mening») o‘tkir syujetli dramatik serialini suratga olishni rejalashtirmoqda...

Muhabbat, insoniylik, mehr-oqibat kabi boqiy tuyg‘ularni, milliy qadriyat va an’analarni o‘zida mujassam etgan mazkur serial, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi kino va seriallar borasidagi ijodiy hamkorlikning boshlanishida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda. Serial voqealari yurtimizda va Turkiyaning bir necha tarixiy shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Serialda taniqli turk va o‘zbek aktyor-aktrisalari ishtirok etadi. Aktyorlar kastingi fevral oyidan boshlashlanib, bu bilan «Proart.uz» kompaniyasi shug‘ullanadi.

Serial ssenariysini tomoshabinlarga yaxshi tanish «Istanbullik kelin» serialining muallifi Ali Aydin hamda o‘zbek ssenaristlari birgalikda yozishi rejalashtirgan.

«Güneşim benim» O‘zbekiston va Turkiya kinoijodkorlari hamkorligida suratga olinadigan birinchi katta byudjetli va keng qamrovli serial bo‘lsa ajabmas.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 2552 | Рейтинг: 0| Рейтинг: turk kinoijodkor, O‘zbek, hamkorlikda, Güneşim benim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное