Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

O‘zbek xonandasi besoqolbozlik va fohishabozlik haqida kuyladi


“Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldosheva so‘nggi yillarda ijtimoiy mavzularga qo‘l urib, muammolar, hayotiy masalalar aks etgan qo‘shiqlarni kuylayotgani sir emas. Xonanda ulg‘aygani sari, qo‘shiqlarida ham o‘zgarishlar yaqqol sezilyapti. U endi jamiyatdagi eng jirkanch illat fohishabozlik va besoqolbozlik qoralangan qo‘shiq ustida ish boshladi. Bu haqda xonanda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan videomurojaatida ma’lum qilgan.

“Dunyo judayam tez o‘zgaryapti va har xil odamlarga duch kelamiz. Men san’atkor sifatida chet el safarlarida ko‘p bo‘laman va ba’zi vahshiy holatlarga duch kelganman, sizlar ham duch kelgansizlar: erkaklar erkaklarga mehr-muhabbat qo‘yishi, ayollar o‘z qizlarini boshqalarga pul uchun tortiq etishlari, ayollar o‘z badanidan pul uchun foydalanishi... Bu nafaqat o‘zbekchiligimizga, musulmonchiligimizga, qolaversa, odamgarchilikka ham to‘g‘ri kelmaydi. Mening insoniy burchim, san’atkorlik burchim mana shu mavzuga qo‘l urish edi”, deydi xonanda.

Manzura Yo‘ldosheva doimiy ravishda tanqidlarga uchrab kelgan o‘zbek qo‘shiqchilaridan biri. U doim tarbiyaviy ahamiyatga molik qo‘shiqlar kuylaganda, tinglovchilar tanqid toshlarini yog‘dirishgan, aql o‘rgatish san’atkorga qoldimi qabilidagi izohlar bilan “siylashgan”. Xonanda bunday tanqidlarga ham avvaldan javob qaytardi.

“To‘g‘ri, tanqidlar bo‘ladi san’atkor aql o‘rgatyapti degan. Lekin bu aql o‘rgatish emas. Bu shunchaki bizning yosh avlodimiz shu odamlarning orqasidan ergashmasin, shunday insonlarga aylanmasin degan maqsadda men shu mavzuga qo‘l urdim”, deb qo‘shimcha qiladi Manzura Yo‘ldosheva.

“Qalampir.uz” Manzura bilan bog‘lanib qo‘shiq haqida boshqa ma’lumotlarni olishga urindi. Biroq xonanda shou-biznesdagi g‘oya o‘g‘irlash kabi holatlarni inobatga olgan holda ma’lumotlarni ochiqlagani yo‘q. Aniqlangani shuki, qo‘shiq she’rini Xushnud Darvesh yozgan. Musiqani esa ozarbayjonlik ijodkorlar yaratgan.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 19284 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Manzura
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное