Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

«O‘zbekiston 24» teleradiokanali qachon ishga tushishi ma’lum bo‘ldi


Milliy teleradiokompaniya tarkibida tashkil etilgan yangi «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanali qachondan ish boshlashi ma’lum bo‘ldi.

«Kun.uz» manbasi ma’lumot berishicha, telekanal ochilishi uchun ramziy ma’noda 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni tanlangan.

Telekanalga Ozod Hamidxo‘jaev direktor etib tasdiqlangan. U ko‘p yillarda «O‘zbekiston» telekanalida «Tahlilnoma» ko‘rsatuvini olib borgan. Unga «Axborot» dasturida ishlab kelgan Rahim Mahkamov va Haydar Hasanov o‘rinbosar etib tayinlangan.

Bundan oldinroq «Axborot», «Davr» va «Poytaxt» informasion dasturlari yopilishi, barcha yangiliklar «O‘zbekiston 24» telekanalida bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Milliy teleradiokompaniya tarkibida «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risidagi prezident qarori may oyi avvalida imzolangandi.

Telekanal mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va sport sohalarida yuz berayotgan hodisalarni tezkorlik bilan yoritib boradi. Shuningdek, telekanal xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo‘ladi.

Prezident qarori bilan «Diyor» telekanali va «Toshkent» radiokanali tugatilib, ularning chastotalari hamda shtat birliklari yangi kanal ixtiyoriga o‘tgan.

«O‘zbekiston 24» SD va HD formatlarida raqamli efir ijtimoiy paketiga kiritiladi. Uning HD formatidagi translyatsiyasi mamlakatda ushbu formatga to‘liq o‘tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi.



Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 12953 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekiston 24, teleradiokanal, yangi, qachon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное