Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston bosh vaziri qabulxonasiga bir kunda nechta qo‘ng‘iroq bo‘lmoqda?

O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev virtual qabulxonasining 1000 telefon raqamiga 19-oktabr kuni 19 mingdan ortiq qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Bu haqda hukumat rahbarining Facebook’dagi sahifasida axborot berilgan, deya xabar bermoqda“Gazeta.uz”.
“Qo‘ng‘iroqlarning barchasi murojaat yuborish emas, balki avval yuborilgan murojaatlarning holatini aniqlashtirish bilan ham bog‘liq”, — deyiladi Facebook’dagi xabarda.
Murojaat yuboruvchilarga internetdan foydalanishga imkoniyat bo‘lmay qolgandagina telefon orqali, shu bilan birga, aynan qo‘ng‘iroqlar kamroq bo‘ladigan vaqtlarda (bunday vaqtlar grafikda ko‘rsatilgan) qo‘ng‘iroq qilish tavsiya qilingan.
“Murojaatlarni imkon boricha pm.gov.uz sayti orqali yuborilishi maqsadga muvofiq. Bu saytda murojaatning maqomini ham oson tekshirish mumkin”, — deyiladi xabarda.
“Xizmat sifatini yaxshilash maqsadida operatorlar soni doimo orttirib borilayapti, lekin shu bilan birgalikda aynan qo‘ng‘iroq ko‘p bo‘ladigan vaqtlarda 1000 telefon raqamida navbat kutish holatlari kuzatilmoqda”, — deyiladi Shavkat Mirziyoyevning Facebook’dagi sahifasida qoldirilgan xabarda.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5180 | Рейтинг: 1| Рейтинг: O‘zbekiston bosh vaziri
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное