Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatildi. Uning o‘rnida Madaniyat vazirligi va Sport qo‘mitasi tuzildi





O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-fevral kuni madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish, shuningdek, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda, hukumatdagi manbalarga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.


O‘zbekistonda 2004-yil sentabridan buyon Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyat olib borayotgan edi, vazirlik Madaniyat ishlari vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi negizida tashkil etilgan edi.

Qayd etishlaricha, yangidan tashkil etilgan Madaniyat vazirligi markaziy devoni tuzilmasida vazir, birinchi o‘rinbosar va ikki nafar vazir o‘rinbosari o‘rin egallaydi.

Davlat sport qo‘mitasi markaziy devonida esa rais, birinchi o‘rinbosar va ikki nafar rais o‘rinbosari faoliyat olib boradi, ulardan biri O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi direktori hisoblanadi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2888 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoyev, sport ishlari vazirligi, Madaniyat vazirlig
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное