Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck2
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Ishq Jodusi - All I want
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Ayol Qalbi - True Love
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

O‘zbekiston milliy terma jamoasi qaytgunicha Iroq O‘zbekiston olimpiya termasi bilan o‘ynab turadi
24-iyul kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadigan Iroq terma jamoasi 18-iyul kuni Toshkent shahriga yetib kelgandi.

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati 21-iyul kuni Iroq va mamlakat olimpiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi haqida xabar berdi. Unda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini maydonga Ravshan Haydarov bosh murabbiy sifatida boshlab tushashi ko‘rsatilgan.

24-iyul kuni O‘zbekiston va Iroq milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Olimpiya termasining iroqliklar bilan to‘qnashuvi uchun esa “Jar” stadioni tanlab olingan.

Federatsiya rasmiy saytidagi xabarda Ravshan Haydarov murabbiyligidagi jamoa milliy terma jamoaning yaqin kelajakdagi o‘rinbosari sifatida ko‘rsatilgan. Milliy terma jamoaning asosiy futbolchilari terma yig‘inida ishtirok etmayapti. Avstriya yig‘inida Samvel Babayan bilan bo‘lib turgan futbolchilar yanada yaqinroq kelajakdagi o‘rinbosarlarmi yoki yo‘q oydinlik kiritilmagan.

Ravshan Haydarov 19 nafar futbolchi bilan Toshkentga yetib kelgan Iroq milliy terma jamoasiga qarshi bellashuv uchun quyidagi futbolchilarni tanlab oldi:

Darvozabonlar: Eldor Suyunov (“Nasaf”), Dilshod Hamroyev (“Obod”), Botirali Ergashev (“Paxtakor”)

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Doston Tursunov (“Qo‘qon-1912”), Shahzod Abdurahimov (“Bunyodkor”), Najmiddin Normurodov (“Nasaf”), Firdavs Abdusalimov (“Dinamo”), Abbos Otaxonov (“Paxtakor”), Nodir Yo‘ldoshev (“Paxtakor”)

Yarim himoyachilar: Jamshid Boltaboyev (“Paxtakor”), Murod Rajabov (“Olmaliq”), Xurshid G‘iyosov (“Obod”), Mirjamol Qosimov (“Olmaliq”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Doniyor Narzullayev (“Nasaf”), Timur Tolipov (“Paxtakor”), Javohir Siddiqov (“Paxtakor”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”)

Hujumchilar: Zabixullo O‘runboyev (“Bunyodkor”), Zafar Polvonov (“Sho‘rtan”).



Manba:Daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3497 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ravshan Xaydaro'v, Futbol, O'zbekiston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное