Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston Prezidentining bitta qarori bilan 8 ta institut va bitta muzey tashkil etiladi




O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-fevral kuni “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zAda e’lon qilingan.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) huzuridagi Tarix instituti Fanlar akademiyasi tasarrufiga o‘tkaziladi. Ayni vaqtda, Fanlar akademiyasi (FA) tarkibida sakkizta yangi institut va bitta muzey tashkil etiladi.

Jumladan,

O‘zMU huzuridagi Matematika instituti negizida V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti;
O‘zMU Fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari va noyob obyektlari, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Radiatsiya xavfsizligi markazi negizida Yadro fizikasi instituti;
Toshkent davlat texnika universiteti (ToshDTU) Muhandislik-fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari negizida U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti;
FA Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va ToshDTU huzuridagi Tarmoq mashinasozligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi negizida M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti;
O‘zMU huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi negizida Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi negizida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti;
Samarqand shahridagi Arxeologiya instituti va FA Arxeologiya institutining Toshkent bo‘limi negizida Ya.G‘ulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar instituti;
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti;
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi O‘zbek tili va adabiyoti muzeyi negizida Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi tashkil etiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi jamoatchilik kengashi FA huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi jamoatchilik kengashiga aylantiriladi, vazirlik huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz FA tasarrufiga o‘tkaziladi, u jamoatchilik kengashining ishchi organi bo‘ladi.

Bundan tashqari, Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limini tashkil etish rejalashtirilgan. Qaror bilan Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasi tashkil etiladi, uning qoshida Ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi tuziladi.


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi faoliyati tugatilayotgan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi negizida Fan va texnologiyalar agentligi tashkil etiladi, u Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasining ishchi organi bo‘ladi.

Shuningdek, “ilmiy tadqiqotlar yakunlari bo‘yicha salmoqli natijalarga erishgan olimlarni taqdirlash uchun” Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4163 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qaror, Shavkat Mirziyoyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное