Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Merlin-Soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Pazanda - The Sound of Love
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Qaxvaxona - soundtreck
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
Главная » Файлы » AVTO OLAM

O‘zbekiston Rossiya bozoriga yana ikkita yangi rusumdagi avtomobilni chiqaradi


O‘zbekistonning “GM Uzbekistan” zavodi “Chevrolet Tacker” va yangilangan “Chevrolet Cobalt” rusumlarini ishlab chiqarishni boshlaydi. Mazkur avtoulovlar Rossiya bozoriga “Ravon” markasi ostida yetkazib beriladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri xabar berdi.

Yangi avtomashinalar sotuvini 2019 yildan boshlab yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Lekin ularning taqdimoti joriy yilda o‘tkaziladi.

Yangi “Ravon R4” tejamkor transport vositasi hisoblanib, tashqi ko‘rinishi “Cobalt”ning birinchi turkuminiki bilan deyarli bir xil. Biroq ancha zamonaviylashtirilgan. Oldingi optika va ort chiroqlarning takomillashtirilgani, radiator panjarasi va kuzov qismlari, salon intererlaridagi o‘zgarishlar shular jumlasidandir.

Mazkur rusumning Rossiya bozoriga chiqarilishi bilan “Ravon Gentra” savdosi to‘xtatiladi.

“Ravon Tracker” esa shahar sharoitiga moslashtirilgan krossover bo‘lib, o‘zining “Chevrolet Corvette”, “Malibu” va “Volt”nikiga o‘xshash yorqin dizayni bilan ajralib turadi. Undagi takomillashtirilgan bamper, radiator panjarasi, yangilangan ort chiroqlar, galogen va svetodiod yoritqichlar e’tiborni o‘ziga tortadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Rossiyada 1470 dona o‘zbek avtosi xarid qilingan va bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch barobar ko‘pdir.



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 8566 | Рейтинг: 1| Рейтинг: avtomobil, GM Uzbekistan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное