Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston Rossiya oldidagi qarzidan atigi 25 mln dollarini to‘laydigan bo‘ldi

23 iyul kuni Rossiya hukumati Rossiya Davlat dumasiga Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi moliyaviy e’tirozlarning tartibga solinishi bo‘yicha qonun loyihasining ratifikatsiya qilinishi masalasini ko‘rib chiqish uchun kiritdi. O‘zbekiston Rossiya oldidagi 889 mln dollarlik qarzidan bor-yo‘g‘i 25 mln dollarini to‘laydigan va Sobiq ittifoqning Olmos fondi bo‘yicha e’tirozlaridan voz kechadigan bo‘ldi.
O‘zbekistonning Rossiya oldidagi qarzining kechib yuborilishi haqidagi kelishuv 2014 yilning dekabrida Vladimir Putinning Toshkentga tashrifi paytida imzolangan edi. O‘shanda 1998 yildan beri cho‘zilib kelayotgan ushbu muammoga chek qo‘yilgan. Bunda gap Sobiq ittifoqning tarqalishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan majburiyatlar va O‘zbekistonga 1992-1993 yillarda taqdim qilingan texnik kreditlar haqida borgan. O‘sha yillarda rubl hududidan chiqqan O‘zbekiston bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan Rossiyadan mahsulotlar va texnikalar olgan. Rossiya 500 mln dollar asosiy va 389 mln dollar u bo‘yicha yuzaga kelgan qarz mavjudligini aytmoqda. O‘zbekiston bu miqdordan faqatgina 43 mln dollarini tan olgan va 1-2 mlrd dollarlik summaga teng bo‘lgan o‘zining Sobiq ittifoq Olmos fondidagi ulushiga da’vo qilgan.
Ratifikatsiya qilinishga qo‘yilgan kelishuv ikki tomonning o‘zaro bir-birlariga bildirilgan barcha e’tirozlardan voz kechishni nazarda tutadi. O‘zbekiston hujjat kuchga kirgandan keyin Rossiyaga bir oy ichida faqatgina 25 mln dollar to‘lab beradi. Shu tariqa O‘zbekiston olingan kreditlar bo‘yicha majburiyatlarini deyarli tan oldi va Olmos fondi bo‘yicha barcha e’tirozlaridan voz kechdi. Rossiya esa asosiy qarzning 95 foiz summasini kechib yubordi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8007 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qarz, Rossiya hukumati, O‘zbekiston, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
joxa_94 Siyosatiga ko`z tegmasin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное