Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda 1-apreldan elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi oshadi

“O‘zbekenergo” va “O‘ztransgaz” kompaniyalari 1-apreldan boshlab O‘zbekiston aholisi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari oshishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Aholiga beriladigan elektr energiyasining 1 kilovatt-soati 167,4 so‘mdan 182 so‘mgacha, elektr plitalari bilan jihozlangan turar-joylarda yashovchilar uchun 83,4 so‘mdan 91 so‘mgacha oshgan (o‘sish — 9%).
Tabiiy gazning 1 kubometri kelgusi oydan boshlab hisoblagich bo‘lganda hozirgi 208,92 so‘m o‘rniga 226 so‘mni tashkil etadi (o‘sish — 8%). Hisoblagich bo‘lmaganda taom tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun foydalaniladigan 10 kubometr gaz narxi 3908,3 so‘m (hozir 3612,95 so‘m), isitish uchun 1812,5 so‘mdan (1675,55) iborat bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 1-apreldan e’tiboran Toshkentda issiq va sovuq suv narxlari ko‘tarilishi haqida xabar berilgandi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3878 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tabiiy gaz, elektr energiyasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное