Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Qirolicha - Stakan Version
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda “1hls” platformasida kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘mdan berish to‘xtatildi

“Sog‘lom turmush tarzi” (www.1hls.uz) platformasida 2022-yil 16-yanvardan boshlab 3 ming so‘m pul mablag‘ berish tizimi to‘xtatiladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, mutaxassislar va jamoatchilik takliflariga asosan, aholini yanada ko‘proq kunlik yurish va yugurishga jalb qilish maqsadida rag‘batlantirish tizimini o‘zgartirish, 3 ming so‘m o‘rniga kattaroq sovrinlar qo‘yish maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelingan.

Shunga ko‘ra, “www.1hls.uz” platformasi orqali quyidagi o‘zgarishlar amalga oshiriladi:

1) O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi aholini yanada ko‘proq rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda har hafta yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar o‘rtasida quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:

  • 1 kishiga 100 million so‘m miqdorida pul mukofoti;
  • 1 000 kishiga velosiped.

2) Ushbu sovrinlar o‘yini har hafta yakunlari bo‘yicha “Sport” telekanalida jonli efirda tasodifiy tanlab olish mexanizmi orqali o‘tkaziladi;

3) Shaffoflik va xolislikni ta’minlash, turli qing‘ir yo‘llar orqali soxta natijalarni qayd etishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida jamoatchilik faollari, IT-mutaxassislar, jurnalist va blogerlardan iborat Jamoatchilik nazorati kengashi tashkil etiladi hamda barcha jarayonlar ustidan qat’iy nazorat olib boriladi. Bunda Jamoatchilik nazorati kengashiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev raislik qiladi, huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev hamda bloger Nikita Makarenko rais o‘rinbosarlari etib belgilandi;

4) Yuqoridagi tartib ishga tushirilishi munosabati bilan 2022-yil 16-yanvardan boshlab, “www.1hls.uz” platformasi orqali bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga 3 ming so‘m pul mablag‘i berish tizimi to‘xtatiladi;

5) 2022-yil 15-yanvarga qadar ushbu platforma orqali tegishli talablarni bajargan va elektron hamyoniga belgilangan mablag‘larni to‘plagan barcha fuqarolarga ushbu to‘lovlar amalga oshirib beriladi.

“Yuqoridagi rag‘batlantirish tizimi haqidagi batafsil ma’lumotlar tez orada Turizm va sport vazirligining rasmiy sahifalarida hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1804 | Рейтинг: 0| Рейтинг: platformasida, berish, kuniga, 10 ming, so‘mdan, yurganlarga, O‘zbekistonda, “1hls”, ming, Qadam, to‘xtatildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное