O‘zbekistonda 23—25 mart kunlari yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 23—25 mart kunlari mamlakatimiz hududida yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘ladi. 26 martda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
Havo harorati 23 mart kuni kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi. 24-26 mart kunlari esa kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi.