Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Qirolicha - Stakan Version
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

O‘zbekistonda boshqalarga o‘xshamagan musiqiy dastur paydo bo‘ldi





O‘zbekistonda bir vaqtning milliy va chet el musiqalarini o‘zida mujassamlashtirgan birinchi musiqiy dastur ishlab chiqildi, deb xabar qilmoqda MyDay.uz.
Musiqiy dastur yaratuvchisi Jaxongir Mahkamov aytishiga qaraganda, ushbu dastur arxivi har kuni yangi qo‘shiqlar bilan to‘ldirilib boriladi. Undan qo‘shiqlarni bir ro‘yxatga jamlash yoki ularni do‘stlar bilan baham ko‘rish imkoniyati yaratilgan.
“Ushbu dasturni yaratish g‘oyasi, radiodan bir xil qo‘shiqlarni qayta-qayta eshitish, doimo u yoki bu qo‘shiqni qayerdan yuklab olsam deb o‘ylash jonga tekkan vaqtda boshimga keldi. Signs, Flyin’Up, Kuk Choy, TR Project kabi, yangi paydo bo‘layotgan talantli artistlar ijodi ham menga yoqadi. Ular o‘z qo‘shiqlarini tez-tez internetga joylashtirib turishadi. Menimcha ular hozir O‘zbekistondagi musiqa sifatini va musiqa sanoatni o‘zgartirmoqda”, — deydi Mahkamov. Uning so‘zlariga qaraganda, dunyoda ko‘plab shunday platformalar ishlamoqda. Spotify, Pandora, Google music — shular jumlasidan. “Muzone — bu musiqa hududi.
Har bir kishi uchun o‘z o‘ziga xos, biz hozir har bir eshituvchining xoxishlarini ilg‘ashga harakat qilmoqdamiz. Bizning maqsad — Muzone dasturini O‘zbekistonda, eng ommaviy bo‘lgan, birinchi dasturga aylantirish”, — dedi avtor. Ushbu dastur istalgan musiqani eshitib ko‘rish imkonini beradi. Muxlislar yangi chiqqan albomni eshitib ko‘rib, yoqsa uni telefonlariga yuklab olish imkoniga ega. Biroz vaqtdan keyin foydalanuvchilarga o‘z “sevimli” qo‘shiqlarini tanlash va “qo‘shiqlar ro‘yxati” tuzish imkoni paydo bo‘ladi. APPSTORE Muzone dasturining ekrani ko‘rinishi Musiqa yaratuvchilari va xonandalar ushbu dastur va onlayn platforma orqali o‘z qo‘shiqlarini nafaqat reklama qilishlari, balkim ularni qonuniy ravishla sotib pul ishlashlari mumkin.
“Biz musiqachilarga har bir eshitilgan qo‘shiq uchun pul to‘laymiz. Qo‘shiq qancha ko‘p eshitilsa, artistlar ish haqi ham shuncha oshadi. Biz bilan hamkorlik qiladigan artistlar bilan bularning hammasi kelishilgan. Xonanda roziligisiz hech qanday qo‘shiq Muzonga qo‘yilmaydi”, — deydi dastur yaratuvchisi. Ushbu dasturning boshqalardan asosiy farqi shundaki – uning katta qismini chet el musiqasi tashkil qiladi. Bugungi kunda O‘zbekiston internetida mavjud bo‘lgan boshqa aksariyat dasturlar o‘zbek musiqasga “ixtisoslashgan”. Dasturni Appstore, Google Play yoki muzone.uz sahifalaridan yuklab olish mumkin

 


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 4075 | Рейтинг: 0| Рейтинг: musiqiy dastur
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное