Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda bu hafta qor yog‘ishi va sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, shu haftaning seshanba kunidan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlarida keskin sovuq tushishi va yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi «Kun.uz».

25 noyabrdan bir qator viloyatlarda qor yog‘adi, havo harorati 0 gradusdan pastga tushib ketadi. Respublika bo‘yicha havo harorati o‘rtacha kunduzi 0–2° iliq, kechasi esa 2–5° sovuq atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘istonda havo harorati eng sovuq darajada bo‘ladi. Bu yerda harorat 26 noyabr kuni 7–12 daraja sovuq, kunduzi esa 0–5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. 27–29 noyabr kunlari havo harorati sekin-asta ko‘tarilib, kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 1–6° iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida havo biroz iliqroq bo‘ladi. 26 noyabr kuni kechasi havo harorati 1–6° sovuqqacha tushib ketadi, 27–29 noyabr kunlari kechasi harorat 3° sovuq−2° iliq atrofida, kunduzi esa 5−10 daraja iliq havo bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda harorat 26 noyabr kuni kechasi 3° sovuq−2° iliq atrofida bo‘ladi. 27–29 noyabr kunlari kechasi 1–6°, kunduzi esa 8-13° atrofida iliq havo bo‘ladi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8231 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qor, qish, sovuq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Boybola ma'lumot uchun raxmat!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное