Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo harorati sezilarli ko‘tariladi

Eron va Turkmaniston iliq havo oqimining kirib kelishi munosabati bilan, dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo harorati sezilarli ko‘tariladi. Bu haqda, “O‘zgidromet” markaziga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
21—22-may kunlari O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, 22-may kuni ba’zi joylarda soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi +15…+22 daraja, kunduzi esa +30…+35 daraja, janubiy viloyatlar va cho‘l hududlarida +38 darajagacha iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 3—8 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi +16…+18 daraja, kunduzi +30…+32 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, 22-may 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi +10…+10 daraja, kunduzi esa +22…+27 daraja iliq bo‘ladi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3063 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekistonda, havo harorati, Dam olish kunlari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное