Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda davlat tashkilotlari yoqilg‘i bank kartalari bilan ta’minlanadi


“Davlat tashkilotlarning milliy valyutadagi yoqilg‘i bank kartalaridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Markaziy bank, Moliya vazirligi va “Milliy banklararo protsessing markazi” (Humo) MChJ hamda tijorat banklari bilan birgalikda davlat tashkilotlarining har bir avtotransportiga bir donadan yoqilg‘i bank kartalari bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.

Qayd etilishicha, bunday choralar davlat tashkilotlarining yoqilg‘i mahsulotlarini yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan xarid qilish shart-sharoitlarini kengaytirish, mazkur tizimni soddalashtirish va elektron tizimni joriy qilish maqsadida amalga oshiriladi.

Yoqilg‘i bank kartalaridan faqat davlat tashkilotlarining xizmat avtotransportlari O‘zbekiston hududida benzin, dizel, suyultirilgan va siqilgan gaz yoqilg‘isini yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan sotib olish uchun foydalaniladi.

Ushbu bank kartasini olgan shaxs uni hisobdorlikka olgan kundan boshlab har oyning 5-sanasigacha yoqilg‘i bank kartalari vositasida ishlatilgan summalar to‘g‘risida davlat tashkiloti va xo‘jalik subyektlari buxgalteriyasiga hisobot taqdim etib borishi shart.

Xizmat safarlari bilan bog‘liq xizmat avtomashinasining yoqilg‘i xarajatlarni to‘lash uchun yoqilg‘i bank kartasidan foydalanganda, yoqilg‘i bank kartasining saqlovchisi xizmat safaridan qaytganidan keyin qonunda belgilangan muddatda yoqilg‘i bank kartasi vositasida sarflangan summalar to‘g‘risida buxgalteriyaga hisobot taqdim etishi shart.

Yoqilg‘i bank kartasiga yoqilg‘idan boshqa maqsadlar uchun mablag‘lar o‘tkazishga, shuningdek, yoqilg‘i bank kartalari vositasida naqd pul berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Karta hisob varag‘idagi sarflanmay qolgan mablag‘larni asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘iga qaytarish to‘lov topshiriqnomasi bilan amalga oshiriladi.

Yoqilg‘i karta orqali amalga oshirilgan operatsiyalarning qonuniyligi uchun javobgarlik karta hisob varag‘ini ochgan davlat tashkiloti zimmasida bo‘ladi va mazkur nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori loyihasini muhokama qilish 2020-yilning 19-fevraliga qadar davom etadi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1739 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Benzin, karta
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное