Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“O‘zbekistonda dollar muomaladan chiqadi”


Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida 6 may kuni nafaqaxo‘r Z.Voloxova IIBga 2018 yilning 19 aprel kuni soat 13:00 larda ikki noma’lum shaxs (ulardan biri ayol) Toshkent shox ko‘chasida joylashgan “Fitnes klubi” oldida unga o‘zlarini bank xodimlari deb tanishtirgani va undan aldov yo‘li bilan pullarini olib ketgani haqida murojaat qilgan.

Ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi hududida AQSh dollarida muomala qilish cheklanishi munosabati bilan pensionerlarga imtiyoz yaratish maqsadida ularni uyiga borib, AQSh dollarini yevro valyutasiga ayriboshlayotganliklarini aytgan. Shu tarzda aldash yo‘li bilan Z.Voloxovadan 400 AQSh dollari va 50 ming so‘m pulini olib, unga konvertga solingan 200 yevro valyutasi ko‘rinishidagi qalbaki pullarni berib ketgan. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Shundan so‘ng, jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxslarni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan kimda kim biror bir ma’lumotga ega bo‘lsa, 102 telefon raqamiga yoki joylardagi profilaktik inspektorlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi IIV xabarida.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 8896 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yevro, dollar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное