Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qariyb 6,5 so‘mga oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 5-yanvardan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2816 so‘m 47 tiyin etib belgilandi. Bu 2015-yilda o‘rnatilgan so‘nggi (29-dekabrdagi) kursga nisbatan 6 so‘m 49 tiyinga ko‘p.
5-yanvardan e’tiboran 1 yevro qiymati 3087 so‘m 69 tiyin (2015-yil 29-dekabrdagi kursga nisbatan 13 so‘m 50 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 38 so‘m 62 tiyin (2015-yil 29-dekabrdagi kursga nisbatan 1 so‘m 37 tiyinga arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2604 | Рейтинг: 0| Рейтинг: rasmiy kurs, O‘zbekiston, dollar, so‘mga oshdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное