Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Sad Love
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Merlin-Soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Qaxvaxona - soundtreck
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda endi xonadon sotib olayotgan ehtiyojmand aholiga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 32 million so‘m subsidiya to‘la

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka va qurilish materiallari mavzusidagi videoselektor yig‘ilishida endi xonadon sotib olayotgan ehtiyojmand aholiga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 32 million so‘m subsidiya to‘lanishi aytildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar qildi.

“Bugungi kungacha, ipoteka kreditlari va subsidiya olishda, uy-joy maydoni va narxi bilan bog‘liq cheklovlar bor edi (maydoni – 70 kvadrat metrgacha, narxi – 400 million so‘mgacha). Bundan buyon, ipoteka kreditlari shartlaridan ushbu cheklovlar chiqarib tashlanadi”, – deydi prezident.

Endi, sotib olinadigan xonadonning maydoni va narxidan qat’iy nazar, ehtiyojmand aholiga dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 32 million so‘m subsidiya to‘lanadi.

Ehtiyojmand aholi tomonidan kreditni qaytarishda foizning davlat tomonidan qoplab beriladigan subsidiya miqdori barcha hududlar uchun bir xilda 10 foiz etib belgilanadi (hozirda viloyatlarda 10 foiz, Toshkent shahrida 12 foizdan yuqori qismi qoplab berilmoqda).

Subsidiyalar yakka tartibdagi uy-joy qurish va ta’mirlash uchun olingan kreditlar uchun ham berilishi qayd etildi. Bunda uy-joy hovlisini kengaytirish, eski uyini buzib, 2 qavatli qilish orqali zamonaviy qiyofaga keltirish istagida bo‘lgan fuqarolarga kreditning 10 foizdan yuqori qismiga subsidiya beriladi.

Shuningdek, ipoteka kreditini olishda, qarindosh bo‘lmagan fuqarolarning kafil bo‘lishiga ruxsat beriladi. Kelgusi yildan ijtimoiy ahvoli og‘ir xotin-qizlar, chin yetimlar va nogironligi bo‘lganlarga, ikkilamchi bozordan ham uy-joy olishlariga imkoniyat yaratiladi.

Aholiga qulayliklar yaratish maqsadida, yangi qurilgan uylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularni rasmiylashtirish, subsidiya va kredit ajratish xizmatlarini bitta joyda ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi.

“Odamlarimiz qaysi hududda yoki qaysi quruvchida maqsadli ipoteka shartlariga to‘g‘ri keladigan xonadon bor deb, o‘ylanib yurmasligi kerak. Shu bois, bir oy muddatda Ortiqxo‘jayev poytaxtning kamida 5 ta, viloyat hokimlari esa, 2 tadan hududda barcha xizmatlarni jamlagan markazlar tashkil qilsin”, – deydi prezident.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1726 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qismini, qoplash, dastlabki, badalning, ehtiyojmand, to‘lanadi, O‘zbekiston, aholiga, so‘m, olayotgan, 32 million, Bir, Uchun, endi, subsidiya, xonadon, sotib
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное