Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda erkin valyuta konvertatsiyasiga o‘tish uchun qanday tayyorgarlik choralari ko‘rilgandi?


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi doirasida sentabr oyidan boshlab valyuta kursini shakllantirishning bozor mexanizmini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini liberallashtirishga kirishildi.

Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetovning aytishicha, iqtisodiyotdagi mavjud sharoitlar hamda liberallashtirish jarayonidagi ustuvor vazifalardan kelib chiqib, bir yil davom etgan tayyorlov bosqichida quyidagi jihatlarga alohida diqqat berilgan.

Birinchidan, inflyatsion bosimni pasaytirish va valyuta bozorida spekulyativ talabning o‘sish ehtimolini bartaraf etish choralari ko‘rildi. Mazkur maqsadga qat’iy pul-kredit siyosatini yuritish, ya’ni qayta moliyalash stavkasini 9 foizdan 14 foizgacha oshirish orqali erishilgan.

Ikkinchidan, bank tizimi barqarorligini mustahkamlash maqsadida quyidagi choralar amalga oshirildi:
- banklarning ustav kapitallari davlat quyilmalari hisobiga (670 mln. AQSh dollari miqdorida xorijiy valyutada) ko‘paytirildi. Natijada bank tizimining yalpi kapitali 40 foizdan ortiq o‘sdi;
- Markaziy bankning tijorat banklarini likvidlik bilan ta’minlash mexanizmlari faollashtirildi;
- kurs siyosatining yangi sharoitlariga bardoshligini aniqlash maqsadida banklar stress-testdan o‘tkazildi, banklarni prudensial nazorat qilish choralari kuchaytirildi;
- yil yakuniga 20 foiz darajasigacha yetkazish sharti bilan bir lahzali likvidlik koeffisienti bo‘yicha minimal talablar joriy etildi.

Uchinchidan, yirik va strategik korxonalarning moliyaviy holati va xorijiy valyutadagi mavjud qarzdorliklari hisobga olinib, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlariga ajratilgan kreditlar restrukturizatsiya qilindi hamda alohida korxonalarga, ularning moliyaviy holatiga milliy valyuta devalvatsiyasining salbiy ta’sirini bartaraf etish uchun soliq imtiyozlari berildi.

To‘rtinchidan, hukumatning manzilli choralaridan kelib chiqib, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda.

Beshinchidan, ichki bozorni ijtimoiy zarur tovarlar bilan to‘ldirish, tovarlar importida bojxona va boshqa to‘lovlar hisobiga narxlarning keskin o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikmaqsadida import stavkalari qayta ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, milliy valyutaga nisbatan ishonchni mustahkamlash uchun ichki bozorda barcha hisob-kitob va to‘lovlar faqat so‘mda amalga oshirilishi bo‘yicha me’yorlar o‘rnatildi.

Ushbu barcha tayyorgarlik choralari bank tizimida hamda butun iqtisodiyotda jiddiy larzasiz erkin kursi shakllantirish tizimiga «oson» o‘tish imkonini berdi.

Bugungi kunda so‘mning ayirboshlash kursi valyuta birjasining kunlik banklararo savdolarida shakllanmoqda. Markaziy bankning banklararo savdolardagi ishtiroki minimallashtirildi.

 



Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2534 | Рейтинг: 0| Рейтинг: valyuta, konvertatsiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное