Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

O‘zbekistonda hayotning bahosi va mas’uliyat haqida film ishlandi


Keyingi paytlarda ishlanayotgan o‘zbek filmlari to‘g‘risida ko‘p tanqidiy fikrlarga duch kelamiz. Asosan ularning mazmuni, mavzu doirasi torligi xususida gapiriladi. Ammo yangi – "Bekatdagi odam” kartinasi inson hayotining qadri, mas’uliyat haqidadir, deya xabar qiladi popcorn.uz sayti.

Mazkur film taniqli kinorejissor va ssenarist Zulfiqor Musoqovning hayotdagi real voqealardan kelib chiqib yozgan ssenariysi bo‘yicha suratga olingan. Unda bosar-tusarini bilmay qolgan bir yigit – o‘ziga to‘q xonadon farzandining qilmishlari hamda bularning oqibati xususida so‘z boradi. Uni tomosha qilayotib, siz ham hayot mohiyati, atrofingizdagi insonlar qadri, ular oldidagi o‘z mas’uliyatingiz kabilar haqida jiddiy o‘yga tolishingiz aniq.


"Bekatdagi odam” filmini sahnalashtiruvchi rejissor Temur Musoqov suratga olgan. Unda rollarni Yodgor Sa’diev, Fatxulla Ma’sudov, Elbek Zaripov, Ra’no Zokirova, Sirojiddin Vafoyev va boshqa aktyorlar ijro etganlar. Film lavhalarini sahnalashtiruvchi operator Azizbek Arziqulov suratga tushirgan; sahnalashtiruvchi rassom – Masha Soshina, film direktori – Nasrullo Sa’dullaev.

Ushbu kartinaning premyerasi fevral oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4398 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Bekatdagi odam
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное