Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda naqd valyuta sotishga ruxsat berilishi mumkin


Valyuta siyosatini erkinlashtirish davom ettiriladi. Bu jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilgan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan, deyiladi Davletovuz Telegram-kanalida.

Jumladan, valyuta ayirboshlashdagi va sotishdagi asossiz cheklovlarni bartaraf etish, jumladan jismoniy shaxslarga naqd valyutani sotish, investitsiya olib kirgan shaxslar uchun valyuta repatriatsiyasini to‘liq joriy etish va valyuta ayriboshlashni qonuniylashtirish kabi choralarini ko‘rish ko‘zda tutilmoqda.

Hujjat loyihasini ishlab chiqish 1-martgacha mo‘ljallangan.

Dastur loyihasi yuzasidan fikr va takliflarni http://2019.strategy.uz veb-sayti orqali bildirish mumkin.

Hujjat loyihasi 249 ta banddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 28-dekabr kuni Oliy Majlisga tadqim etgan murojaatnomasida keltirilgan asosiy g‘oya va takliflari hamda Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3269 | Рейтинг: 0| Рейтинг: dollar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное