Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

O‘zbekistonda shoshilinch va tezkor xizmatlarning yangi telefon raqamlari amal qilishni boshladi

     O‘zbekiston bo‘ylab 27-may, seshanba kunidan e’tiboran shoshilinch va tezkor xizmatlar uchun yagona telefon raqamlari ishlay boshladi. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda.
        Shahar yoki mobil telefondan endi ushbu xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilish uchun 0 bilan boshlanuvchi va odatda ikki yoki uch xonadan iborat bo‘lgan raqamlar oldiga 1 qo‘yib — 101, 102, 103, 1050 va hakozo ko‘rinishda qo‘ng‘iroq qilish kerak bo‘ladi.
      “Kun”ning ma’lum qilishicha, bo‘layotgan o‘zgarishlar mobaynida turli tushunmovchilik va noqulayliklarning oldini olish maqsadida mazkur telefon raqamlarining uch oy davomida bir vaqtning o‘zida har ikkala — yangi va eski tizimlarda faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida yangi raqamlarga o‘tish jarayoni 2013-yilda yakuniga yetkazilgan edi.
          2014-yil so‘ngiga qadar shaharlararo aloqa tarmoqlariga ulanishda foydalaniladigan “8” raqamini xalqaro standartlarga mos “0” raqamiga, xalqaro aloqa tarmoqlariga chiqish uchun teradigan “8—10” old raqamini “00”ga o‘tkazish bo‘yicha ishlar yakunlanishi ko‘zda tutilgan.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 4781 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yangi raqamlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное