Shohruhxon - Ayamay (Vi... Shohruhxon - Ayamay (Vi...
MC DONI feat. Люся Чебо... MC DONI feat. Люся Чебо...
Ravshan Komilov - Odam ... Ravshan Komilov - Odam ...
Rayhon - Unutolaman (Vi... Rayhon - Unutolaman (Vi...
Sardor Mamadaliyev feat... Sardor Mamadaliyev feat...
Bojalar - Onam (Concert... Bojalar - Onam (Concert...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Klon-soundtreck
. Soundtreck-Великолепный Век
. Qirolicha - Soundterck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Kuz ertagi-soundtreck
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Pazanda - Sad Love
. Qo'rqmas - soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda test sinovlari tizimining eskirganligi qayd etildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta’limning bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgani xabar qilindi.

Xabarda aytilishicha, ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan.

O‘zbekistonda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, yoshlarning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlar qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan.

Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.

2017–2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirilib boriladi.

Keyingi bir yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yakin qaror, farmon va farmoyishlari qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi.

O‘rta maxsus ta’lim tizimiga joriy yilda birinchi marta 10-sinflarga o‘quvchilar qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobor olib borildi. Bunda asosan ota-onalar va o‘quvchilarning xohish va istaklari inobatga olindi.

Prezident sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha ota-onalar va o‘quvchilarning fikrlarnini inobatga olish, ular bilan “ochiq eshiklar” kunlari kabi tadbirlar tashkil qilib, uchrashuvlar o‘tkazish kerakligini alohida ta’kidladi.

2016/2017 o‘quv yilida 466 mingdan ortiq o‘quvchilar umumta’lim maktablarini tamomlagan bo‘lib, shundan 170 mingdan ziyodi kasb-hunar kollejlariga o‘qishga kirgan. 288 ming, ya’ni oltmish foizidan ortig‘i 10 sinflarda o‘qishlarini davom etirmoqda.

Yig‘ilishda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilinar ekan, yoshlarning kasb-hunar egalashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Bunda yoshlarning ulug‘ ajdodlar merosini o‘rganishi, ularga mos yetuk kadrlar bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ulug‘ ajdod Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi ham aynan ana shu vazifani amalga oshirishdagi ilk qadam bo‘ldi.

Mazkur maktabning tashkil etilishi kadrlarni yoshligidanoq tayyorlab borish, sohada yetuk hamda zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlashga zamin yaratadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi.

Maktablar oldiga qo‘yilayotgan talablardan biri — yuqori malakali, sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda, maktabda chet tilini xam o‘qitishdir. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda hududlar imkoniyati va salohiyatini o‘rgangan holda 8–9 sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu ta’limning keyingi bosqichida o‘quvchilarning hunar egallashida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Endilikda umumta’lim maktablari bitiruvchilarini elikka yaqin kasbga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari negizida zamonaviy jihozlangan o‘quv ishlab chiqarish markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ba’zi kasb-hunar kollejlari tegishli vazirlik va idoralarga korxona va tashkilotlarga biriktiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim omil bo‘lmoqda.

Bu kadrlar tayyorlashda mazkur muassasalarning ulushini oshirish va kafolatlangan ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.

Prezident soha rahbarlariga bu borada joylarga chiqib qaysi hududga qanday soha bo‘yicha mutaxassislar zarurligini o‘rganib chiqish vazifasini topshirdi.

Yig‘ilishda ta’lim muassasalari bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta’lim muassasalariga bo‘ladigan test sinovlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlat rahbari oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishiga bo‘ladigan test sinovlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish, bunda rivojlangan xorijiy davlatlarda sinovdan o‘tgan eng ilg‘or tajribalarni tatbiq etish, test sinovlarining shaffofligini ta’minlash yuzasidan ham ko‘rsatmalar berdi.

Yig‘ilishda yoshlarda oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga bo‘lgan talabning oshib borayotganini, bunda muhim bo‘lgan test sinovlari tizimining esa eskirgani qayd etildi.

Davlat rahbari mutassadi rahbarlarga ta’lim tizimini takomilashtirish, o‘quv adabiyotlari bilan sifatli ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasida tegishli topshiriqlar berdi.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1694 | Голосов:: 0| Теги:: test sinovlari, O‘zbekistonda, tizim, eskirganligi qayd etildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Shoxruz (Abadiya) - Hazon  
. Sardor Rahimxon - Umidvor Yurak  
. Ichkarida - Tek Basina  
. Ichkarida - Sarp  
. Ichkarida - Yellow  
. Ichkarida - Jenerik erde Dizi  
. Shohruhxon - Ayamay  
. Zokir Ochildiyev - Alamlar (Parodiya)  
. Munisa Rizayeva feat. Rashid Holiqov - Bom Bom  .
. Subxan feat. Shaxnoza - Ket (Cover)  
. Ravshan Komilov - Odam Bo'laylik (New Version)  
. Yulduz Usmonova - Xalqim (New Version)  
. Sardor Mamadaliyev feat. Ahad Qayum - Ko'ngil Tanlar  
. MC Dоni feat. Люся Чеботина - Сон  
. Farrux Xamrayev - Birga Bir  
. Bojalar - Sog'insam  
. Bojalar - Zamiram  
. Bojalar - Onam  
. Bojalar - Esingdami  
. Bojalar - Mana Rep  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Tola
. Ummon - Ming Afsus