Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mahmudjon Azimovga oradan 15 yil o‘tib litsenziyasi qaytarib berildi




O‘zbeknavo” estrada birlashmasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mahmudjon Azimovga konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya taqdim etdi. Bu haqda UzNews xabar berdi.
Mahmudjon Azimovning o‘g‘li Ortiqjon Azimovning ma’lum qilishicha, otasining litsenziyasi 2001-yilning 14-aprel kuni “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan konsert dasturidan keyin olib qo‘yilgandi.
 
Oradan 15 yil o‘tib Ortiqjon Azimov O‘zbekiston bosh vaziri virtual qabulxonasiga otasining litsenziyasini qaytarishni so‘rab ariza bergan. Ko‘p o‘tmay arizaga ijobiy javob qaytarilgan va “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining 1 yilga mo‘ljallangan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya taqdim etilgan.O‘zbeknavo” saytida litsenziya 2016-yilning 26-oktabridan boshlab amalda ekani ko‘rsatilgan.
 
“Oilamiz nomidan e’tibor uchun O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorchilik bildiramiz”, — deb aytib o‘tgan Mahmudjon Azimovning o‘g‘li.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4049 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mahmudjon Azimov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное