Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonda yana 13 ta OTM ochiladi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘rinbosari Aziz Abduhakimovning ma’lum qilishicha, mamlakatda 2019 yil oxirigacha 13 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etiladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga 103 mingdan ortiq talaba qabul qilingan. Bu o‘tgan yildagiga qaraganda 30 foizga ko‘p bo‘lgan. Shundan 85 minggi to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan.

Abduhakimovning ta’kidlashicha, mamlakatdagi yoshlarning 27 foizi to‘lov-kontraktini to‘lash imkoniga ega bo‘la turib, o‘qishga qabul qilinmagan. Negaki, O‘zbekistondagi OTMlarida ularni qabul qilish imkoniyati mavjud emas. Kelgusida ularning ham sifatli ta’lim olishini ta’minlash uchun harakat qilinyapti.

2019 yil oxiriga qadar 13 ta yangi OTM faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, 8 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi filiali, 22 ta qo‘shma fakultet, 46 ta qo‘shma ta’lim dasturini (“double degree”) tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Toshkentda “Yangi mutaxassislar yangi iqtisodiyot uchun” mavzuida O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiyaning 82 ta va O‘zbekistonning 80 ta OTM rektorlari qatnashmoqda.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3901 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekistonda, Yana, ochiladi, 13 ta, OTM
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное