Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

O‘zbekistonda Yangi Janrda Serial suratga olindi

“Artist” serialini suratga olish yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. 
Serial ijodkorlari hamda yoshlar ishtirok etgan anjumanda zamonaviy komediya yo‘nalishi – sitkom janrida suratga olingan mazkur serialdan lavha namoyish etildi. 
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan bir qator tashkilot hamda muassasalar hamkorligida suratga olingan serial yoshlar hayotiga bag‘ishlangan. 
Serialda yosh artistning san’atda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, maqsad sari dadil odimlashi, do‘stlar o‘rtasidagi ijobiy muhit, samimiy va iliq munosabatlar yangicha uslubda ochib beriladi. Mamlakatimizda ilgari bunday janrda serial suratga olinmagan, - deydi serial rejissyori Ayub Shahobiddinov. 
Mazkur serialning birinchi qismini suratga olish ishlari yakunlandi. Serial tez orada ekran yuzini ko‘radi. 
Serial ssenariysi muallifi Yolqin To‘ychiev. Rollarni Karim Mirhodiev, Adiz Rajabov, Asal Shodiyeva, Murod Rajabov, Yulduz Rajabova, Nargiza Salmonova, Akbarxo‘ja Rasulov, Bahora Arslonova, Doniyor Hafizov, Umarjon Jumaev singari aktyorlar ijro etgan.


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 7744 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Serial, Yangi Janr
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
aziz700 Boladi koramiza
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное